You are here

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi bosh direktorining virtual qabulxonasi ish boshladi

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash bo'yicha olib borilyotgan ishlarni yanada takomillashtirish, fuqarolarda sug'urta xizmatlari, Kompaniya, jumladan uning hududiy filiallari va sug'urta bo'limlari faoliyati bilan bog'liq masalalar yuzasidan paydo bo'lyotgan ariza, shikoyatlarni tezkor hal etish va takliflarni o'z vaqtida ko'rib chiqish maqsadida «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasida bosh direktor virtual qabulxonasi ishga tushirildi.

Ta'kidlash joizki, o'tgan davr mobaynida kompaniya tizimida aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Ishonch telefonlari, tunu kun ishlovchi dispetcherlik xizmati faoliyati yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda kompaniya rasmiy saytida «Murojaatlarni ko'rib chiqish», «Savol-javob» kabi ruknlar tashkil etilgan.

Endilikda 24 soat davomida kompaniya faoliyati, taqdim etilyotgan sug'urta xizmatlari yuzasidan ariza, shikoyat va takliflarni kompaniya bosh direktori F.Saidaxmedovga jo'natish imkoniyati yaratildi.

«O'zbekinvest» EIMSK bosh direktorining virtual qabulxonasiga www.uzbekinvest.uz sayti orqali murojaat qilish mumkin.

 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati