You are here
STOMATOLOGIK XIZMATLAR UCHUN XARAJATLARNI SUG‘URTALASH
Sug‘urta obyekti bo‘lib Sug‘urtalangan shaxsga ko‘rsatilgan stomatologik xizmatlar uchun xarajatlar bilan bog‘liq Sug‘urta qildiruvchining/Sug‘urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
Sug‘urta xodisasi bo‘lib Sug‘urtalangan shaxsning tishlari yoki og‘iz bo‘shlig‘idagi quyidagilarga olib kelgan jarohati va/yoki kasallanishi hisoblanadi:
3.1.1. flyuoroz;
3.1.2. giperesteziya;
3.1.3. tishlarning travmatik jarohatlanishi;
3.1.4. yuzaki kariyes – faqat to‘qimaning emaliga yetkazilgan zararlar, dentin va/yoki dentinning qatta qismi buzilishiga olib kelgan o‘rtacha va chuqur kariyes bundan mustasno;
3.1.5. pulpa tomirlarining kasallanishi;
3.1.6. pulpa nekrozi;
3.1.7. pulpit;
3.1.8. parodontopatiya;
3.1.9. gingivit;
3.1.10. jarohat natijasida kataral gingivit;
3.1.11. jarohat natijasidagi stomatit.
26.06.2014