You are here

Articles

"O'zbekinvest Assistans" Servis agentligiga kelib tushgan murojaatlar soni 160 taga yetdi

Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, “assistans” so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, “ko'mak, yordam” degan ma'noni bildiradi.

"O'zbekinvest" kompaniyasi agentlik tarmoqlarini kengaytirmoqda

Bugungi kunda “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatidagi ustuvor yo'nalishladan biri aholini sug'urta xizmatlari bilan maksimal ko'lamda qamrab olish maqsadida kompaniya agentlik tarmog'ini kengaytirish hisoblanadi. Buning uchun Sug'urta markazi hamda kompaniyaning hududiy filiallarida sug'urta agentlarini jalb qilish, o'qitish va doimiy tarzda malakasini oshirib borish bo'yicha tizim yaratildi.

"O'zbekinvest" kompaniyasi yangi sug'urta mahsulotlarini joriy qilish bo'yicha faoliyatini davom ettirmoqda

Ma'lumki, 2014 yil davlatimizda “Sog'lom bola yili” deb nomlandi. Shu o'rinda, “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi ham muvofiq davlat dasturida belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishida faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, joriy yilda kompaniya tomonidan bolalarga sug'urta himoyasini taqdim qiluvchi yangi sug'urta mahsulotlari ishlab chiqildi.

"O'zbekinvest" biznes jarayonlar monitoringi tezkorligi va samaradorligini rivojlantirmoqda

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 3 apreldagi “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarorini bajarish yuzasidan, “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan “Moliyaviy xisob va hisobotni kompyuterlashtirish, xodimlar, operativ va ishlab chiqarish-texnologik faoliyatni boshqarish bo'yicha sug'urta sohasida yaxlit majmuaviy axborot tizimini joriy qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Majburiy sug'urta bo'yicha 44 mingdan ziyod sug'urta polislari berildi

2008 yilning  24 aprelida  mamlakatimizda «Transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugurta  qilish» to'g'risidagi qonun qabul qilingan. Aynan o'sha yili Vazirlar Mahkamasi  qarori bilan   ushbu sug'urtani amalga oshirish qoidalari ishlab  chiqilib, tasdiqlangan.  Ayni paytda,  «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi (EIMSK) tomonidan   transport egalarining  fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi  bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

"O'zbekinvest" EIMSK sug'urta xizmatlari bo'yicha elektron to'lov usullarini joriy qilmoqda

Mamlakatimiz Prezidentining 2014 yil 3 aprelda qabul qilingan “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorini bajarish yuzasidan “O'zbekinvest” Eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan “Sug'urta xizmatlarini to'lash, jumladan sug'urta polislarini xarid qilish va sotishning elektron usullarini joriy qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ish beruvchining majburiy sug'urtasi ijtimoiy sug'urta turi hisoblanadi

Respublikamizda iqtisodiy jarayonlar va  sanoat sektorlarining rivojlanishi, yangi korxonalarning ochilishi  ish beruvchining  fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish ehtiyojini keltirib chiqardi va 2009 yilda mamlakatimizda  aynan  shu sohadagi munosabatlarni tartibga solishga  qaratilgan  qonun qabul qilindi. “O'zbekinvest”  Eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi  (EIMSK) mazkur sug'urta turini amalga oshirib kelayotgan sug'urta kompaniyalaridan biri sanaladi.

1 yarim yillikda "O'zbekinvest" sug'urta to'lovlari summasi 5 mlrd. 859 mln. 486 ming so'mdan oshdi

“O'zbekinvest” Eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi 20 yillik faoliyati davomida O'zbekiston sug'urta bozorida o'zining munosib o'rniga ega bo'ldi. Yildan-yilga kompaniya mijozlari sonining ortib borishi qatorida, muvofiq tarzda sug'urta qoplamalari to'lovi miqdori ham o'sib bormoqda. Xususan, shu yilning 1 yarim yilligi davomida sug'urta to'lovlari summasi 5 mlrd. 859 mln. 486 ming so'mdan oshdi.

Joriy yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi o'z oldiga qator ustuvor strategik yo'nalishlarni belgiladi

2014 yil uchun iqtisodiy dasturning davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan muhim ustuvorliklarining amalga oshirilishi doirasida, mamlakat iqtisodiyotidagi keng ko'lamli tuzilmaviy islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishni inobatga oshgan holda, joriy yilda “O'zbekinvest” kompaniyasi o'z oldiga qator ustuvor strategik yo'nalishlarni belgiladi. 

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan respublika bo'ylab 25 ta yangi sug'urta bo'limi ochiladi

Bugungi kunda “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi respublika sug'urta bozoridagi yetakchi, ko'p tarmoqli sug'urta tashkiloti hisoblanadi. “O'zbekinvest” o'z faoliyatida ko'rsatilayotgan xizmatlarning, xususan qishloq hududida keng tarqalganligiga alohida ahamiyat qaratadi. Hozirda kompaniya tomonidan xalqaro amaliyotda qo'llaniluvchi 100 dan ortiq turdagi an'anaviy sug'urta xizmatlari taqdim qilinadi.

Саҳифалар

Subscribe to O‘zbekinvest RSS