You are here

Articles

"O'zbekinvest Hayot" sug'urta kompaniyasi joriy yil 9 oy yakunlarini e'lon qildi

O'zbekistonda sug'urta sohasini ommalashtirish, jumladan fuqarolar orasida hayot va salomatlik sug'urta mahsulotlaridan foydalanish darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, «O’zbekinvest Hayot» sug'urta kompaniyasi ham mazkur sug'urta mahsulotlarini taqdim qiluvchi kompaniyalar qatoridan joy oladi. Joriy yil 9 oy yakunlari bo'yicha kompaniya faoliyati haqida muxbirimizning lavxasida.

"O'zbekinvest" EIMSK hisobot davrida tadbirkorlik subyektlari bilan 6 625 ta sug'urta shartnomasi tuzdi

Ma'lumki, O'zbekistonda sug'urta obyektlarini siyosiy, tabiiy va boshqa turli qaltisliklardan ishonchli sug'urta himoyasi bilan taminlashga sug'urta kompaniyalari yaqindan yordam berib kelmoqda. Xususan, yurtimiz iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb etishni qo'llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga ko'maklashib kelayotgan «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

"O'ZBEKINVEST HAYOT" yuqumli kasalliklardan sug'urtalash turini taqdim qiladi

Bugungi kunda tobora ko'proq rahbarlar va xususiy shaxslar ishchilari yoki oilalarini sug'urta qilish zaruriyati haqida o'ylamoqda. Biroq, afsuski, hamma ham sug'urta polisini xarid qilish bilan birga, bir vaqtning o'zida bir nechta xatar turlaridan himoyani taqdim qiladigan kompleks dasturni shakllantirish imkoniyatidan xabardor emas. Bunda kasallikdan sug'urtalashni misol tariqasida keltirish mumkin.

"O'zbekinvest" EIMSK hisobot davrida tadbirkorlik subyektlari bilan 6 625 ta sug'urta shartnomasi tuzdi

Ma'lumki, O'zbekistonda sug'urta obyektlarini siyosiy, tabiiy va boshqa turli qaltisliklardan ishonchli sug'urta himoyasi bilan taminlashga sug'urta kompaniyalari yaqindan yordam berib kelmoqda. Xususan, yurtimiz iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb etishni qo'llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirishga ko'maklashib kelayotgan «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

Osiyo Taraqqiyot Bankining "O'zbekiston sug'urtalash sektorini rivojlantirish" texnik ko'magi doirasida seminar bo'lib o'tdi

“O'zbekinvest” Eksport Import Milliy Sug'urta Kompaniyasi binosida Osiyo Taraqqiyot Bankining “O'zbekiston sug'urtalash sektorini rivojlantirish” texnik ko'magi doirasida “O'zbekiston sug'urta bozori – Keyingi bosqichga o'tish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

"O'zbekinvest" EIMSK sug'urta da'vosi bo'yicha joriy yilning 9 oyi yakunlarini e'lon qildi

“O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi respublikamizdagi sug'urta bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Yildan-yilga mijozlar sonining ortishi bilan sug'urtalangan shaxslardan kelib tushayotgan da'volar asosidagi sug'urta qoplamalari to'lovlarining tartibi ham amalga oshirilmoqda. Shu tariqa, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha, O'zbekinvest kompaniyasi tomonidan turli sug'urta shakllari bo'yicha 4133 ta sug'urta da'vosi tartibga solindi.

Toshkent iqtisodiyot kolleji o'quvchilarining ta'lim jarayonini takomillashtirmoqda

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi selektor majlisi bayonnomasi bilan 2011 yilning 12 avgustidan binoan “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasiga Toshkent iqtisodiyot kolleji biriktirildi. Shu vaqtdan boshlab kompaniya o'quvchilarning ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'yicha faol ishlar olib borgan holda, kollej bitiruvchilariga ishlab chiqarish amaliyotidan o'tish, ishga joylashish hamda ta'lim maskanini moddiy-texnik ta'minlashda ko'mak berib keladi.

"O'zbekinvest" EIMSK xodimlari malakasini doimiy oshirib borishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi o'zining 20 yillik tarixi davomida mijozlarga qo'lay sharoitlar yaratish maqsadida Respublikamizning barcha hududlarida 14 ta filial va 120 tadan ortiq bo'linmalariga ega bo'ldi. Bundan tashqari, o'tgan davrda kompaniyaning 4 ta ixtisoslashgan sho'ba korxonalari tashkil etildi.

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan milliy eksportchilarga 189 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta xizmatlari ko'rsatilgan

Hozirgi kunda “O'zbekinvest”  eksport import milliy sug'urta kompaniyasi mijozlarga sug'urtaning 100 dan ortiq turlari bo'yicha xizmat ko'rsatib kelayotgan bo'lib, uning  asosiy vazifasi Respublikamizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, milliy eksporterlarga kompleks sugurta xizmatlarini ko'rsatish hamda O'zbekiston aholisini sifatli va ommabop sug'urta xizmatlari bilan ta'minlashdan iboratdir.

I yarim yillikda respublika sug'urtachilari investitsiyalarining umumiy hajmi 589,8 mlrd. so'mdan oshdi

Zamonaviy sharoitlarda sug'urta alohida tarzda emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan hamkorlikda amal qiladi. Bunda sohalar orasida yuzaga keladigan munosabatlarni amalga oshirishda umumiy asosni investitsiya faoliyati ta'minlab beradi. Shu asnoda, sug'urta kompaniyalari institutsional investorlar sanaladi. Sug'urtachilarning to'lov layoqati va moliyaviy barqarorligi sug'urta bozori barqarorligi hamda sug'urta kompaniyasi mijozi himoyalanganligi kafolatidir. Bu borada kompaniyaning investitsion faoliyati alohida ahamiyatga ega.

Саҳифалар

Subscribe to O‘zbekinvest RSS