You are here

«O'zbekinvest» kompaniyasi saytida Internet foydalanuvchilarining sug'urta madaniyatini oshirishga qaratilgan imkoniyat yaratildi

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan Internet foydalanuvchilari uchun onlayn tartibida savollarga javob berish yo'li orqali sug'urta asoslarini o'rganish va ularning sohaga oid bilimlarini tekshirib ko'rish imkonini beruvchi modulь ishlab chiqildi.

insurance test

Kompaniyaning www.uzbekinvest.uz veb-saytida joylashtirilgan ushbu yangi moduldan (training.uzbekinvest.uz) sug'urta masalalari, xususan sug'urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari, sug'urta da'volarini ko'rib chiqish tartibi, shuningdek, «O'zbekinvest» kompaniyasining faoliyati bilan bog'liq boshqa ma'lumotlarga ega bo'lishni istaganlar foydalanishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida qayd etish lozimki, aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida Kompaniya tomonidan o'tgan davr mobaynida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, sug'urta shartnomalarini tuzishda va sug'urta hodisalari yuz berganda mijozlarga amaliy ko'mak beruvchi axborot-maslahat guruhlari tashkil etilgan.

Kompaniyaning markaziy apparati va hududiy filiallarida faoliyat olib borayotgan ushbu axborot-maslahat guruhlari sug'urta sohasiga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o'zgartirishlar, kompaniyada mavjud sug'urta turlari, sug'urta shartnomasi shartlari, sug'urta da'volarini ko'rib chiqish qoidalari va boshqa masalalar to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni mijozlarga etkazadi va sug'urta hodisalari yuzasidan talab etiladigan hujjatlarni jamlashda hamda ularni tezkorlik bilan ko'rib chiqilishiga ko'maklashadi.

Ta'kidlash kerakki, sug'urta sohasini mustaqil o'rganish hamda egallangan bilimlarni test topshirish orqali tekshirish ko'rish imkonini beruvchi ushbu yangi modulь mamlakatimizda aholining sug'urta madaniyatini oshirishiga xizmat qiladi.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati