You are here

YTHda aybdor shaxsning sug'urtalanganligi to'g'risida elektron ma'lumot olish imkoniyati paydo bo'ldi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasining yangi xizmati ishga tushirildi.

altYangi xizmat “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha yo'l transport hodisasida aybdor shaxsning sug'urtalanganligi to'g'risida ma'lumot olish” bo'lib, u transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha yo'l transport hodisasida aybdor shaxsning sug'urtalanganligi to'g'risida ma'lumot olish imkoniyatini beradi.

Xizmat natijasi bo'lib transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha yo'l transport hodisasida aybdor shaxsning sug'urtalanganligi to'g'risida ma'lumot olish hisoblanadi.

Xizmat bepul bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarga 15 ish kunida ko'rsatiladi.

Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:

- sud qarori (bor bo'lgan taqdirda);

- ayblanuvchi transport vositasining texnik pasporti;

- Merosxo'r yoki voris tomonidan murojaat qilingan taqdirda meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar.

uz24.uz