You are here

“O'zbekinvest” kompaniyasi jamoasining Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi

“O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan Kompaniya jamoasining Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.

Sayohat davomida jamoa a'zolari nafaqat mamlakatimiz aholisini, balki butun dunyo sayyohlarini o'ziga jalb etuvchi Al-Buxoriy majmuasi, Registon ansambli, Ulug'bek, Sherdor, Tillakori madrasalari, Afrosiyob shaharchasi, Amir Temur jome' masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Mirzo Ulug'bek rasadxonasi va muzeyi, Xoja Doniyor maqbarasi kabi Samarqandning tarixiy qadamjolar, tarixiy-madaniy yodgorliklar va muzeylari bilan tanishdilar.

Bu kabi tadbirlarning uyushtirilishi Kompaniya xodimlari o'rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlab, ish jarayonlarida kuch, shijoat va samaradorlikni oshirishiga ishonamiz.

 

«O'zbekinvest» EIMSK axborot xizmati