You are here

2016 yilning I choragida «O'zbekinvest» EIMSK tomonidan 21,8 mlrd. so'm sug'urta mukofoti yig'ildi

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Ijroiya qo'mitasining Kompaniyaning 2016 yil I chorakdagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.

Unda Kompaniya Ijroiya qo'mitasi a'zolari, hududiy filiallar va sho''ba korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, hisobot davrida ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari sifatini oshirish, hududiy filiallar va bo'limlar ishini faollashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, mahalliy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan 2016 yil uchun iqtisodiy dasturning muhim ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Kompaniyada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida respublikaning 2016 yildagi Investisiya dasturiga kiritilgan 35 ta loyihaga umumiy qiymati 11,9 trln. so'm bo'lgan sug'urta himoyasi taqdim etildi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. Ta'kidlash joizki, yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishida sug'urta xizmati o'ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, hisobot davrida Kompaniya tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksport shartnomalarini cug'urtalash bo'yicha qabul qilingan majburiyatlar 59,6 mlrd. so'mni tashkil etgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari shaxsiy va mulkiy manfaatlarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlash bo'yicha joriy yilning I choragi davomida olingan sug'urta majburiyatlari hajmi esa 340,2 mlrd. so'mni, yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 898,3 mln. so'mni tashkil etdi.

«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi, «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi va «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar «O'zbekinvest» kompaniyasining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 1,2 mlrd. so'mni, to'langan sug'urta qoplamalari hajmi 110 mln. so'mni, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 1,6 mlrd. so'mni, to'langan sug'urta qoplamalari 1,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha 131,0 mln.sum sug'urta mukofoti yig'ildi.

2016 yilning I choragi yakunlari bo'yicha Kompaniya tomonidan jami yig'ilgan sug'urta mukofotlari 21,8 mlrd. so'mni (o'sish ko'rsatkichi 148 foiz), tashkil etib, 3,2 mlrd. so'm (o'sish ko'rsatkichi 110,2 foiz) sug'urta qompalamlari to'lab berilgan. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar bilan jami 43 ming sug'urta shartnomlari imzolanib, o'sish ko'rsatkichi 135 foizni tashkil etmoqda.

2016 yilning fevralь oyida ISO 9001:2015 standarti yangi versiyasiga muvofiq sifat menejmenti tizimi bo'yicha Shveysariyaning SGS kompaniyasi tomonidan audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o'tkazildi hamda «Uzstandart» agentligi va SGS kompaniyasining ushbu yo'nalishdagi muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lgan mamlakatimizdagi birinchi tashkilotga aylandi.

Hisobot davrida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta xizmatidan foydalanishda mijozlarga yanada qulaylik yaratilib, «sms xabardor etish» xizmati joriy etildi. Sug'urta mukofoti, polisning raqami, sotib olingan sanasi hamda tegishli filial telefon raqamlari haqidagi ma'lumotlar polisni xarid qilish paytida mijozning mobil telefon raqamiga yuborilmoqda.

«O'zbekinvest» kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari hamda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqish, bo'linmalar ochish va respublika hududlarida faoliyat geografiyasini kengaytirish borasida doimiy ish olib bormoqda. hisobot davrida 5 ta yangi sug'urta bo'limlari ochilib, kompaniya hududiy bo'linmalarining umumiy soni 155 tani tashkil etmoqda, shulardan 14 tasi hududiy filiallar va 141 tasi sug'urta bo'limlaridir.

Shuningdek, 2 ta yangi sug'urta mahsuloti ishlab chiqildi, mijozlar talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda namunaviy sug'urta shartnomalarining 17 tasiga o'zgartirishlar (indossament) kiritildi va 47 ta shartnoma modernizasiya qilindi.

Yig'ilish yakunida hisobot davrida Kompaniya faoliyatini rivojlantirish, hududiy filiallar ishi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar olib borish bo'yicha takliflar berildi.

 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati