You are here

"O'zbekinvest" tomonidan 2015 yil yakunlariga ko'ra 12 mlrd. so'm miqdoridagi sug'urta badallari to'lab berilgan

Bugungi kunda sug'urta kompaniyalari tomonidan sug'urta hodisasi yuz berganda mijozlarning da'volarini imkon qadar tez ko'rib chiqib, sug'urta tovonlarini o'z vaqtida to'lab berish mijozlar ishonchini mustahkamlashning asosiy omillardan biri hisoblanadi.

http://news.uzreport.uz/foto/2016/02/tmb1/14563233581.jpg

 Bu borada "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi qator samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ta'kidalash kerakki, o'tgan 2015 yil davomida kompaniya tomonidan jami 5744 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilgan bo'lib, ular asosida sug'urtalanuvchilarga 12 mlrd. so'm miqdorida sug'urta qoplamalari to'lab berilgan.

"O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari sifatini oshirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlari bilan bir birga sug'urta to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirib kelmoqda. Sug'urta shartnomalari bo'yicha mijozlari oldida qabul qilingan majburiyatlarni vaqtida bajarish kompaniyaning ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi.

Ortiqxo'ja Norov "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:    

Agar raqamlarga murojaat qilsak, 2015 yil davomida jami 5744 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilib, 12 mlrd. so'm sug'urta badallari to'lab berilgan. Shundan 7,8 mlrd. so'mi yuridik shaxslarga to'lab berilgan bo'lsa, 4,2 mlrd. so'mi jismoniy shaxslar ulushiga to'g'ri keladi.

Aytish kerakki, kompaniya tomonidan xisobot davrida har oyda o'rtacha 480 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilgan bo'lib, asosan ipoteka sug'urtasi, avto sug'urta, xavfli ishlab chiqarish obyektlari sug'urtasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta qilish kabi yo'nalishlarda sug'urta qoplamalari  to'langan.

Ortiqxo'ja Norov "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: 

2015 yilda amalga oshirilgan sug'urta qoplamalarining 66 foizi yoki 8 mlrd. so'mi majburiy sug'urta turlariga, 34 foizi yoki 4 mlrd. so'mi esa ixtiyoriy sug'urta turlariga to'g'ri keladi.

Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda «O'zbekinvest» kompaniyasida mijozlarga sug'urta shartnomalari tuzish va sug'urta hodisalari bo'yicha zarur hujjatlarni jamlashda doimiy ko'mak beruvchi axborot-maslahat guruhlari tashkil etilgan. Ushbu guruhlar kompaniyaning markaziy apparati va hududiy filiallarida o'z faoliyatini olib bormoqda. Axborot-maslahat guruhlari tomonidan sug'urta da'volarini ko'rib chiqish qoidalari, sug'urta tovonini to'lash tartiblari mijozlarga  tushuntirilib, talab etiladigan hujjatlarni yig'ish hamda ularni tezkorlik bilan ko'rib chiqilishiga ko'maklashilayotgani mijozlar ishonchini qozonishiga xizmat qilmoqda.

Manbaa: uzreport.uz