You are here

2015 yilda TVEFJMS bozori bo'yicha sug'urta mukofotlari hajmi 76,9 mlrd. so'mni tashkil etdi

2015 yilda Ttransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bozorida 9 ta sug'urta kompaniyalari, xususan  «Uzbekinvest», «Uzagrosug’urta», «Kafolat», «Alskom», «Alfa Invest», «Asia Insurance», «Ishonch», «Kapital Sug’urta» i «Universal Sug’urta» kompaniyalari faoliyat olib borgan. Shunday qilib, 2015 yilning yakunlari bo'yicha TVEFJMS bozorining sug'urta mukofotlari hajmi 76,9 mlrd. so'mni tashkil etdi.

O'tgan yil bilan solishtirgada mazkur ko'rsatkich 15,2 foizga ko'payib, berilgan sug'urta polislari soni 7,5 foizga o'sgan va 2019,2 tani tashkil etgan. 

Bundan tashqari, ko'rilayotgan davr mobaynida bitta sug'urta polisiga to'g'ri keluvchi sug'urta mukofotining o'rtacha hajmi 38,1 ming so'mni tashkil etib, bu ko'rsatkich 2014 yilning mos davridagi ko'rsatkichdan 7,3 foizga ko'p demakdir.

2015 yil yakunlari bo'yicha sug'urta qoplamalari bo'yicha to'lab berilgan summa 12,1 mlrd. so'mdan iborat bo'lib, bu avvalgi yil ko'rsatkichidan 20,5 foizga ko'pdir. 

“UzReport” axborot agentligi