You are here

Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi “Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo'llash tartibi to'g'risidagi nizomga qo'shimcha kiritish to'g'risida” qaror qabul qildi.

Mazkur xujjat O'zbekiston Respublikasining «Sug'urta faoliyati to'g'risida»gi Qonuni, Davlatimiz rahbarining 2008 yil 21 maydagi «Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 avgustdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.

Xususan, ushbu qaror eksport kontraktlarini sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha sug'urta tovoni to'lash muddatlarini buzilganlik uchun sug'urtalovchilarga qo'llaniladigan jarima sanksiyalariga oid bob bilan to'ldirildi.

 Bundan tashqari, kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan eksport kontraktlarini sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha sug'urta tovoni to'lash muddatlariga sug'urtalovchi tomonidan rioya qilinmagan taqdirda, sug'urtalovchiga sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug'urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi.

“UzReport” axborot agentligi