You are here

O'zbekiston sug'urta bozorining 2015 yil 9 oy yakunlari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlari

O'zbekiston sug'urta bozorining 2015 yil 9 oy yakunlari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlari - O'zbekiston yangiliklariO'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimiz sug'urta kompaniyalari 2015 yilning 9 oyi davomida 398,5 mlrd. so'm sug'urta mukofotlarini to'plab, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 27,0 foizga o'sgan.  Tushumlarning umumiy hajmidan 66,3 foiz ixtiyoriy sug'urta turiga to'g'ri kelmoqda. Kompaniyalar ixtiyoriy sug'urta bo'yicha 264,4 mlrd. so'm to'plab, bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 22,0 foizga ko'p demakdir. 

Majburiy sug'urta turi bo'yicha mukofotlar hajmi yuqori o'sish sur'atini ko'rsatib, 37,0 foizni tashkil etdi. Natijada majburiy sug'urta turi bo'yicha mukofotlar hajmi 134,1 mlrd. so'mga yetdi.

O'zbekiston sug'urta bozorining 2015 yil 9 oy yakunlari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlari - O'zbekiston yangiliklari 

Shuni alohida qayd etish joizki, 2015 yilning 9 oyi davomida sug'urtu kompaniyalari 82,9 mlrd. so'm miqdorida sug'urta zararlarini to'lab berdi. Bu esa o'tgan yilning mos davriga nisbatan 56,0 foizga ortanini ko'rsatmoqda.  

 

Qoplamalar hajmining tez sur'atlarda o'sishi ham ixtiyoriy sug'urtada ham majburiy sug'urtada kuzatildi. 2015 yilning 9 oyi davomida ixtiyoriy sug'urta turi bo'yicha sug'urta qoplamalari 62,0 foizga o'sib, 50,5 mlrd. so'mga yetdi. Majburiy sug'urta bo'yicha esa qoplamalar 47,0 foizga ortib, 32,5 mlrd. so'mni tashkil etdi.

O'zbekiston sug'urta bozorining 2015 yil 9 oy yakunlari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlari - O'zbekiston yangiliklari

“UzReport” axborot agentligi