You are here

24 726 nafar sug'urtalanuvchiga sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlar berildi

Transport egalarining  fuqarolik  javogarligini majburiy  sug'urtalash bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi  tomonidan   shu  yilning 9 oyi davomida  24 726 nafar sug'urtalanuvchiga sug'urta mukofotlari bo'yicha  siylovlar  berildi. Uning qiymati  428,7 mln. so'mni tashkil qildi.  Bu  umumiy sug'urta mukofotlarining  0,76 foiziga teng bo'ldi. 

Sug'urta siylovlari berilgan shartnomalarning  jami shartnomalardagi ulushi  1,6 foizga teng bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz amaldagi qonunchilikka  ko'ra, sug'urta siylovlari  summasi sug'urta mukofotining 50  foizini  tashkil qiladi va u1941-1945  yillardagi urush  qatnashchilari,  mehnat foronti faxriylari, Chernobil AES halokatidan  aziyat chekkanlar,  pensionerlar, nogironlar va boshqalar siylov olish huquqiga ega. Siylovlar faqat  jismoniy shaxslarga  beriladi. 

Shu yilning 9  oyi davomida  fond tomonidan  shuningdek,  366 ta ariza bo'yicha kompensatsiya to'lovlari amalga oshirildi.  Ularning eng katta  qismi, ya'ni 233 ta ariza   Toshkent shahri ulushiga to'g'ri keldi. 

“UzReport” axborot agentligi