You are here

Joriy yilning 9 oyi davomida "O'zbekinvest" EIMSK tomonidan 59 863 dona sug'urta polisi sotildi

Mamlakatimizda sug'urta tizimini, shu jumladan uning majburiy turlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda.  Bugungi kunda respublikamizda majburiy sug'urtaning bir necha turi mavjud bo’lib, ular orasida eng talab ko'pi – bu transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashdir.  “O'zbekinvest”  EIMSK  sug'urtaning mazkur turi bo'yicha xizmat ko'rsatish bo'yicha faol ish olib bormoqda.

Bugungi kunda “O'zbekinvest” kompaniyasi o'zining hududiy tarmoqlari orqali mijozlarga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash bo'yicha xizmat ko'rsatib kelmoqda. Bunga kompaniyaning 14 ta hududiy filiali, 125 dan ziyod sug'urta bo'limlari va yurtimiz bo'ylab, shu jumladan joylashgan ko'plab savdo nuqtalari faoliyati ham misol bo'la oladi.

Iroda Orifxo'jayeva  «O'zbekinvest» EIMSK majburiy sug'urta turlari Departamenti menejerining katta assistenti UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:  

- Shu yilning 9 oyi mobaynida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash bo'yicha “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan 59 863 dona sug'urta polisi sotildi. Va yig'ilgan sug'urta mukofotlarining hajmi 2,6 mlrd so’mdan ziyodni tashkil etdi.

Qayd etish kerakki, sug'urta da'volarini zudlik bilan hal etib, sug'urta to'lovlari o'z vaqtida to'lanayotgani natijasida mijozlarning kompaniyaga bo'lgan ishonchi yanada ortib bormoqda.  Ayni paytgacha “O'zbekinvest” kompaniyasi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash bo'yicha mijozlardan tushgan 1.522 ta arizani qondirib, 2,1 mlrd so’mdan ziyod mablag' to'lab berdi.

Shu bilan birga, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya SMS-xabarnoma xizmatini joriy qilgan bo'lib, uning yordamida mijozlarni transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash bo'yicha sug'urta polisining amal qilish muddati tugayotganligi haqida ogohlantiradi. Masalan, polis muddati tugashiga 4 kun qolganida mijozning, sug'urta shartnomasi rasmiylashtirilayotgan paytda ariza varaqasida ko'rsatgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi.

Iroda Orifxo'jayeva  «O'zbekinvest» EIMSK majburiy sug'urta turlari Departamenti menejerining katta assistenti UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:  

- Mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida kompaniya xarid chog'ida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash polisi uchun “online” to'lov tizimini ishga tushirdi. Hozirgi paytda unga respublikamizdagi UzCard, Click, SMS-To'lov, Mbank, Websu kabi asosiy to'lov sistemalari ulangan. Ushbu tizim yordamida mijoz kompaniyaning rasmiy veb-saytida “online” rejimda sug'urta shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin.

Bundan tashqari, hozirgi paytda kompaniya tomonidan kompaniyaning rasmiy veb-sayti mobil ilovasini yaratish bo'yicha ham ishlar yakunlanmoqda. 

“UzReport” axborot agentligi