You are here

Poytaxtimizda "O'zbekinvest" EIMSK ning Sirg'ali, Shayxontohur va Mirzo-Ulug'bek tumanlarida bo'linmalari o'z ishini boshladi

“O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda axoliga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi sug'urta bo'linmalarini ochish orqali o'z faoliyat ko'lamini kengaytirib borayotgan yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Xususan, shu yilning avgust oyida poytaxtning Sirg’ali, Shayxontohur va Mirzo-Ulug'bek tumanlarida kompaniyaning barcha qulayliklarga ega, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan 3 ta yangi bo'linmasi oz’ ih faoliyatini boshladi.

 

Qayd etish kerakki, bugungi kunda poytaxtimizda «O'zbekinvest» EIMSK Toshkent shahar filialining 11 ta bo'limi yurtimiz aholisi uchun o’z ish faoliyatini olib bormoqda. E'tiborli jihati shundaki, barcha qulayliklar asosida mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatishni boshlagan 3 ta yangi bo’linmalar ham bevosita mazkur daxada istoqomat qilayotgan yoki ish faoliyatini olib borayotgan mijozlarga o’ziga xos qulaylik yaratmoqda. Bu borada Mirzo Ulugbek tumanidagi yangi bo’linmani misol tariqasida ko’rshimiz mumkin. O’tgan davr mobaynida bo'lima tomonidan 100 ga yaqin shartnomalar imzolangan bo’lib, yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 100 mln. so'mdan ortiqni tashkil etgan. Shuningdek mijozlarga barcha xizmat turlari bo’yicha mutaxassis xodimlar kerakli bo’lgan ko’nikmalarni berib kelishmoqda. Shu bilan birga poytaxtimizdagi Sirg’ali tumanifa qad roslagan yangi bo’linmaga to’xtaladigan bo’lsak, u yerda ham mijozlarga sifatli sug’urta xizmatlarini kursatish bo’yicha barcha sharoitlar yaratilgan.  

Faoliyat davomida mazur bo’linma tomonidan tuzilgan shartnomalar soni 260 tani yetgan bo’lsa, yig'ilgan mukofotlar miqdori 92 mln. so'mdan ortiqroqni tashkil etgan. Aytish kerakki, bo’linma tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar mijozlarning e'tirofiga sazovor bo’lmoqda.

Ta'kidlash kerakki, ushbu bo'linmalar mijozlar uchun qulay bo'lgan joylarda, ya'ni yo'l bo’yida yoki avtobus bekatlari bilan yonma-yon joylashgan. Shunday maskanlardan ya'na biri Shayxontohur tumanida joylashgan  bo’linma bo’lib, endilikda mijozlar kompaniyaning bosh offisiga bormasdan, shu yerning o'zida sug'urta polisini rasmiylashtirish imkoniga egadirlar. Ushbu bo’linmada imzolangan shartnomalar soni 340 tani, yig'ilgan sug'urta mukofotlari esa  471 mln. so'mni tashkil etmoqda.

Kompaniya mutaxassislarining aytishicha, Sirg’ali, Shayxontohur va Mirzo-Ulug'bek bo'linmalari ish boshlaganidan buyon qisqa vaqt o'tgan bo'lsada, sug'urta xizmatlariga talab sezilarli ortganligini ko'rish mumkin.

Qo'shimcha qilish kerakki, “O'zbekinvest” kompaniyasi o'z faoliyatini rivojlangan hududiy tarmoq orqali olib boradi. Ushbu tarmoq tarkibiga 14 ta hududiy filial, Toshknent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi  131 ta sug'urta bo'linmasi kiradi. 

 

 “UzReport” axborot agentligi