You are here

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan o'tgan 9 oy davomida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha 2804 ta sug'urta shartnomalari imzolandi

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan o'tgan 9 oy davomida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha 2804 ta sug'urta shartnomalari imzolandi - O'zbekiston yangiliklariBugungi rivojlanish davrida ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, umuman ish jarayonida baxtsiz hodisalar tufayli mehnatdan mayib bo'lish yoki kasb kasalligiga chalinish extimoli yuqori. Bunday vaziyatlardan xech qaysi inson yuz foiz kafolatlangan deb bo'lmaydi. Quvonarli jihati shundaki, ushbu masalaga yurtimizdagi sug'urta kompaniyalari tomonidan alohida e'tibor qaratilmlmoqda. Buni "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi misolida ham ko'rishimiz mumkin. Qayd etish kerakki o'tgan yillar davomida kompaniya va ish beruvchilar o'rtasida imzolanayotgan shartnomalar sezilarli darajada o'smoqda.

Sug'urta faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi doirasida so'nggi yillarda hukumat miqyosida sohaga oid bir nechta qonun va qator me'yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, sug'urta bozori ishtirokchilariga o'z faoliyatlarini yanada rivojlantirishlari uchun keng sharoitlar yaratib berilmoqda. Shunday me'yoriy xujjatlardan biri 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi qonunidir. Yurtimizdagi yirik sug'urta kompaniyalardan biri bo'lmish "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan xam ushbu qonunda kelib chiqqan holda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha joriy yilning 9 oyi davomida qator shartnomalar imzolangan.

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan o'tgan 9 oy davomida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha 2804 ta sug'urta shartnomalari imzolandi - O'zbekiston yangiliklariOlimjon Jomirzayev "O'zbekinvest" EIMSK Majburiy sug'urta turlari departamenti bosh menejeri UzReport AA muhbiriga brgan intervyusida shunday dedi: 

Jumladan joriy yilning o'tgan 9 oyi davomida “O'zbekinvest” komraniyasi tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha 2804 ta sug'urta shartnomalari imzolangan bo'lib, o'sish esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 112 foizini tashkil etdi. Yig'ilgan sug'urta mukofotlari esa 3.1 mlrd.so'mni tashkil etib o'sish o'tgan yilning shu davriga nisbatan 108 foizni tashkil etdi. Shuningdek 1.7 trln so'mlik sug'urta majburiyatlari olingan bo'lib, o'sish ko'rsatkichi 113 foizni tashkil etdi. Eng asosiysi shartnomaga muvoffiq sug'urta xodisasi yuz berganda to'lovni vaqtida amalga oshirish yo'lga qo'yilgan. Kompaniya tomonidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida jami 2.1 mlrd so'mlik sug'urta qoplamalari to'lab berilgan. S

Qayd etish kerakki, kompaniya tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash bo'yicha faoliyat boshlanganidan buyon 20 ta tashkilotga 50 mln so'mdan ko'proq mablag'lar ajratilgan. Buning natijasi o'laroq tashkilotlarda ishchilarning xafvsizlik borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida qator ko'rsatma materiallari hamda texnika xavfsizlik vositalari taqdim etilgan. Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, kompaniya tomonidan respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalrog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida 14 filiallar hamda 125 dan ortiq bo'linmalar o'z faoliyatini olib bormoqda. 

“UzReport” axborot agentligi