You are here
I yarim yillikda "O'zbekinvest Hayot" SK ning investitsiyalar hajmi 34,6% ga oshdi
Joriy yilning I yarim yilligi natijalariga ko'ra, "O'zbekinvest Hayot" SKning investitsiyalar hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 34,6% ga oshdi.
Hisobot vaqtida kompaniyaning investitsiya portfelining 53,1%ini depozit omonatlari, 42,9% foizini turli qimmatli qog'ozlarga qo'yilmalar va 3,96 foizini boshqa investitsiya manbaalari tashkil etdi.
Bunda depozit omonatlarining asosiy ulushi tijorat banklardagi depozitlarga to'g'ri keladi – 97% dan ziyod, qimmatli qog'ozlarga qo'yilmalarda aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar ulushi taxminan teng taqsimlangan, boshqa investitsiya manbaalarining uchdan bir qismi hayotni sug'urtalash shartnomasi bilan kafolatlangan zaymlarga to'g'ri keladi.
Asosiy va investitsion faoliyat natijasiga ko'ra «O’zbekinvest Hayot» SK aktivlari 28,9 mlr.so'mdan oshdi, bu esa 2014 yilning shu davridagi ko'rsatkichdan 38% ga ko'pdir.
Kompaniyaning asosiy ixtisosligi - hayotni sug'urtalashni hisobga olib, amalga oshirilayotgan investitsion qo'yilmalar samaradorligini oshirish ustida doimiy ravishda ish olib boriladi va u kompaniyaning umumxo'jalik faoliyatida teng o'rin egallaydi.
“UzReport” axborot agentligi