You are here
Yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 125 foizga oshdi
“O'zbekinvest” EIMSK mijozlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga keng turdagi sug'urta xizmatlari ko'rsatib kelmoqda. O'z faoliyati davomida kompaniya xizmatlarning mijozlarga yetib borishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Bunda kompaniya filallari, xususan Toshkent shahar filiali faoliyati muhim rol o'ynaydi. Masalan, shu yilning birinchi yarmida ushbu filial tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotilari hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 125 foizga oshdi.
Ayni paytda “O'zbekinvest” kompaniyasining Toshkent shahar filiali tomonidan sug'urta xizmatlari uning shahar bo'ylab joylashgan 11 ta bo'linmasi orqali ko'rsatilmoqda. Mijozlarga keng turdagi sug'urta mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish orqali filial asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarning o'sishini ta'minlamoqda.
- Shu yilning birinchi yarim yilligida filial tomonidan 7300 dan ziyod sug'urta shatnomalari imzlangan bo'lib, ular bo'yicha olingn sug'urta majburiyatlari miqdori qariyb 2 trln. so'mni tashkil etdi, - deydi “O'zbekinvest” EIMSK Toshkent shahar filiali Mulkiy xatarlarni sug'urtalash departamenti katta anderrayteri Mirolim Turg'unboyev. - Ko'rilayotgan davrda filial tomonidan 6,2 mlrd. so'm miqdoridagi sug'urta mukofotlari yig'ildi. Bu boradagi o'sish 2014 yilning shu davriga qaraganda 125 foizga teng bo'ldi.
Ta'kidlash kerakki, kompaniyaning Toshkent shahar filiali tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlarida ixtiyoriy sug'urta turlari katta ulushga ega. Xususan, yil boshidan beri bu ko'rsatkich 4,8 mlrd. so'mni tashkil qildi. Majburiy sug'urta turlari, jumladan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha mukofotlar esa 1 mlrd. so'mdan oshgan. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash sohasida esa 418,5 mln. so'm miqdoridagi sug'urta mukofotlari yig'ildi. Yana shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, kompaniyaning Toshkent shahar filiali tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga doimiy e'tibor qaratilib, bu o'z o'rnida filial faoliyatining yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
“UzReport” axborot agentligi