You are here

Shaxsiy sug'urta: 2015 yilning I yarim yilligida "Ozbekinvest Hayot" SK sug'urta mukofotlari 122%ga o'sdi

Shaxsiy sug'urtani rivojlantirish - milliy sug'urta bozorining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Inson hayoti uchun eng muhimi – sog'lik va yaqinlarining omonligidir. «Ozbekinvest Hayot» SK aynan salomatlik va hayotni sug'urta himoyasini taklif qiladi. 2015 yilning I yarim yilligida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan sug'urta mukofotlarining hajmi qariyb 9,6 mlrd sumni tashkil qilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 122 foizlik o'sish ta'minlandi. Hayot va salomatlikni sug'urtalash xususida tuzilgan shartnomalar bo'yicha sug'urta majburiyatlari 587 mlrd.sumdan ortdi, bu esa o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 marta kupdir. Sug'urta portfeli tuzulmasida mukofotlarning asosiy ulushi, kompaniya faoliyatining ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda, hayotni sug'urta qilish sohasiga (96%) to'g'ri keladi ( majburiy sug'urtalarni qo'shganda). Hayotni uzoq muddatli sug'urta qilishning ixtiyoriy turlari esa yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmiga 74% dan ko'p ulush  ko'shdi. 

Faoliyat xususiyatlarini hisobga olib, filiallar tarmog'i ishini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Hisobot davrida yig'ilgan umumiy sug'urta mukofotlarining 63% idan ziyodi hududiy filiallar ulushiga to'g'ri keldi, 2014 yilning birinchi yarim yilligida esa u 56% ga teng bo'lgan. Umuman olganda Kompaniya 2015 yil uchun sug'urta mukofotlarining o'sish prognozini 2014 yildagiga nisbatan 140% darajasiga yetkazish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Bundan tashqari, amaldagi sug'urta mahsulotlarini modernizatsiyalash va yangilari ustida ishlash, hududiy filiallar faoliyatini kengaytirish hamda raqobatli takliflarni ishlab chiqish uchun iste'molchilar hohishini o'rganish kabi yo'nalishlarda ham ish olib borilmoqda.

“UzReport” axborot agentligi