You are here

Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog'lig'ini majburiy sug'urta qilish tartibi

«Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi “Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining hayoti va sog'lig'ini majburiy sug'urta qilish to'g'risida” qaror qabul qildi. Unda belgilanishicha, byudjet tashkilotlari hisoblanadigan sug'urtalanuvchilarning sug'urta mukofotlarini to'lash bo'yicha xarajatlarini moliyalashtirish byudjet mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi.

Hujjatda qayd etilishicha, qutqaruv xizmatiga ega bo'lgan yuridik shaxslar yoki qutqaruv tuzilmasi qutqaruvchilarning hayoti va sog'lig'ini majburiy sug'urta qilish shartnomasini tuzishlari shart.

Qutqaruvchilarning hayoti va sog'lig'ini majburiy sug'urta qilish shartnomasi deganda sug'urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug'urtalovchining kelishilgan to'lov evaziga sug'urta hodisasi natijasiga ko'ra, sug'urtalangan shaxsning funksional majburiyatlarini bajarish bilan bog'liq holda sog'lig'i va hayotiga yetkazilgan zararni sug'urta summasi doirasida unga qoplashi to'g'risidagi sug'urta tushuniladi.

Sug'urtalangan shaxsning hayoti va sog'lig'i majburiy sug'urta ob'ekti hisoblanadi.

Sug'urta hodisasi munosabati bilan sug'urtalangan shaxsga yetkazilgan ma'naviy zarar majburiy sug'urta bo'yicha qoplanmaydi.

Qarorda shuningdek, majburiy sug'urta shartnomasini tuzish va uning shartlarini o'zgartirish, sug'urta summasi, mukofoti va shartnoma bo'yicha sug'urta mukofotini to'lash,  tomonlarning huquq va majburiyatlari, sug'urta tovonini to'lash tartibi va shartlari belgilangan.

 

“UzReport” axborot agentligi