You are here
"O'zbekinvest" EIMSK investitsion portfeli 5 yil davomida 1,5 barobarga o'sdi
“O'zbekinvest” EIMSK sug'urta faoliyatini samarali rivojlantirishning muhim faktorlaridan biri sifatida o'zining investitsion siyosatiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Huddi o'tgan yillar kabi 2015 yil uchun mo'ljallangan investitsiyaviy siyosatda barqaror natijalar orqali moliyaviy barqarorlikka erishish, kompaniyaning to'lov qobiliyati va raqobatdoshligini oshirish muhim o'rin tutadi.
Kompaniyaning investitsion siyosatida daromadlar darajasi bilan investitsiyalarning qaltislik darajasi imkon qadar bozorning o'rtacha ko'rsatkichlariga yaqinlashtirilgan. Bu borada ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun kompaniya tomonidan portfelli sarmoyalar, korxonalar boshqaruvida kompaniya ishtiroki, kelgusi savdolarni ko'zlab investitsiyalar, qayta tashkil etilayotgan korxonalarga sarmoyalar kabi yo'nalishlarda aniq strategiyalar ishlab chiqilgan.
Kompaniya aktivlari likvidlik, diversifikatsiya va daromadlilik tamoyillari asosida jalb etiladi va aynan ular aktivlar natijaviyligini ta'minlashda hal qiluvchi faktor hisoblanadi.
- Bundan tashqari, “O'zbekinvest” EIMSK o'z sarmoyalarini u yoki bu sohaga jalb etishda yuqori stavkali foyda va aktivlarning qisqa muddatli muommalasi kabi moliya instumentlaridan foydalanadi, - deydi Moliyaviy rejalashtirish va itisodiy tahlil bo'limi katta menejer assistenti Dilfuza Shukurova. - Bunda eng muhim masala bu aktivlarning ishonchliligidir. Buning natijasida o'tgan 5 yil davomida kompaniyaning investitsion portfeli 1,5 barobarga o'sib, 236,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Shu yilning 1 chorak natijalarini ko'radigan bo'lsak, O'zbekinvest investitsiyalari hajmi 240,4 mlrd. so'mga teng bo'lib, o'tgan yilning shu davri ko'rsatkichlaridan 11 foizga oshgan.
Xulosa qiladigan bo'lsak, moliviy barqarorlik va ishonchlilik sug'urta kompaniyasini tanlashda eng asosiy tamoyillardan biridir. Ayni shu ma'noda “O'zbekinvest” sug'urta kompaniyasi milliy sug'urta bozorida “Moody's investors Services” xalqaro reyting agentligining barqaror prognozi bilan sug'urtalovchining moliyaviy barqarorligi – B1 reytingini olgan yagona sug'urta tashkiloti sanaladi.
“UzReport” axborot agentligi