You are here

Sug'urta bozorida yangi xizmat: loss adjasterlik faoliyati ish boshlaydi

Mamlakatimizda sug'urta bozorini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Shu sababli qator horijiy davlatlarning sug'urta sohasidagi tajribalarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Poytaxtimizda o'tkazilgan “Sanoat sektorida o'rta va yirik zararlarni boshqarish bo'yicha xalqaro tajriba” mavzuidagi seminar ham ana shu maqsadda tashkil etildi. 

  O'zbekiston sug'urta bozorining professional ishtirokchilari Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarda baholash (narxlash) faoliyaning qonunchilik asoslari va bu borada O'zbekistonda qabul qilingan standartlar haqida so'z yuritildi. Ushbu tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – sug'urta tashkilotlari vakillarini xalqaro ajasterlar va syurveyerlar faoliyati bilan tanishtirishdan iborat bo'ldi. Shu bilan birga seminarda Rossiya sug'urta adjasterlari milliy assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Bogachev ishtirok etib, qatnashchilarni o'zi boshqaradigan tashkilotning asosiy maqsadlari bilan tanishtirdi.

-Bizning assotsiatsiya bevosita sug'urta kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlaydi-deydi Rossiya sug'urta adjasterlari milliy assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Bogachev- Biz bugun mamlakatingiz sug'urta bozori professional ishtirokchilari bilan loss adjasterlik faoliyatini yangi mexanizmlarini muhokama etdik. Loss adjasterlik faoliyati sug'urta kompaniyalari mijozlarga halokat sodir bo'lgan vaqtda to'lab berishi zarur bo'lgan sug'urta qoplamalarini tartibga solishda yordam beradi. Aynan shuning uchun ham bu xizmatga shunchaki emas balki sug'urta bozorida eng zarur bo'lgan servis turi sifatida qaralishini istardim. 

Seminarda ta'kidlanganidek, Xalqaro syurveyer   va lossadjaster kompaniyalari qaltisliklarni baholash bilan birga, avariya holatlarida harakatlanish rejasini tuzishda ham ishtirok etadilar. Avariyadan keyingi ish jarayonida loss adjasterlar voqea sabablarini tekshirib, ko'rilgan ziyonning qandayligi va ko'lamini ham batafsil bayon etgan holda qayd etadilar. Mol-mulkni qutqarish bo'yicha tavsiyalar esa Syurveyerlar ishining ajralmas qismi  hisoblanadi.