You are here

Yilning eng yaxshi sug’urta kompaniyasi

Joriy yilning 5-7 iyun kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo’lib o’tayotgn VIII Toshkent sug'urtalash va qayta sug'urtalash bo'yicha xalqaro forumi doirasida sug'urta sohasidagi “Oltin Soyabon” jamoatchilik mukofoti g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Unda “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi “Yilning eng yaxshi sug'urta kompaniyasi” mukofotiga loyiq deb topildi.

Ta’kidlash kerakki, “Oltin soyabon” jamoatchilik mukofoti har yili sug'urta sohasida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi kompaniyalar va mutaxassislarga topshiriladi va sug'urta sohasini yanada rivojlanishini rag’batlantiradi.

Mukofot sug'urtalashni ommalashtirish hamda jamoatchilikning sug'urta sohasiga oid ijobiy fikrini shakllantirish, shu orqali mamlakatda sug'urta madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Mukofot laureatlari sug'urta sohasining yetakchi mutaxassislari bo’lgan ekspertlar hay'ati tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida aniqlanadi.

Ekspertlarning qayd etishlaricha, bu yilgi mukofotda professional, o'z ishining ustalari, yuqori nufuzi, ko'rsatayotgan xizmatlarining sifati va obro'si sug'urta bozorini samarali rivojlantirishga ko'maklashayotganlar nomzodlar ishtirok etgan.

«O’zbеkinvеst» EIMSK Axborot xizmati