You are here

VIII Toshkent xalqaro sug'urta va qayta sug'urta forumi bugun o'z ishini boshladi

Joriy yilning 4 iyun kuni Sug'urta jamoatchiligining mahalliy va xorijiy vakillari o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatish va mustahkamlashga ko'maklashishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan  VIII Toshkent xalqaro sug'urta va qayta sug'urta forumi bugun o'z ishini boshladi.  Avvalo shuni aytish kerakki,   bu yilgi Forum ishida Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning 10 dan ziyod davlatlaridan 200 dan ortiq  sug'urtachilar  ishtirok etyapti. Bugun  formuning  ochilish marosimi bo'lib o'tdi.  Unda berilgan ma'lumotlarga ko'ra,  konferensiya doirasida sug'urta faoliyatining turli yo'nalishlariga oid bir qator  masalalar ko'rib chiqiladi.

Xususan,  milliy va xalqaro sug'urta bozorlarining  hozirgi  holati,   sug'urta va qayta sug'urtalash bozorining alohida tarmoqlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Forumning milliy va xalqaro  sug'urta bozorlari tendensiyalari va istiqbollariga doir  birinchi seksiyasida   O'zbekistonning iqisodiy va investitsion salohiyati, respublikamizda sug'urta bozorining shakllanish tendensiyalari va rivojlantirish istiqbollari yuzasidan ma'ruza va taqdimotlar o'tkazildi. 

Shuningdek, Forum qatnashchilari O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining sug'urta sohasidagi  keng investitsion imkoniyatlari bilan ham tanishadilar. Bu esa mintaqaning sug'urta sohasidagi mavjud salohiyatidan foydalanishda chet ellik hamkorlar bilan o'zaro manfaatli amaliy munosabatlar o'rnatish imkonini beradi.

An'anaga ko'ra, forum dasturi o'zining yillik formatini saqlagan holda, sho'ba yig'ilishlari bilan bir qatorda sug'urta biznesi vakillariga muzokaralar o'tkazish va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatini beruvchi amaliy uchrashuvlarni ham o'z ichiga oladi. Forum doirasida SAIPRO axborot reyting agentligi tomonidan O'zbekiston sug'urta bozori professional qatnashchilari Assotsiatsiyasi ko'magida ta'sis etilgan  sug'urta sohasidagi “Oltin Soyabon” jamoatchilik mukofoti laureatlariga diplomlarni topshirish tantanali marosimi ham o'tkaziladi.

Forumining ochilish marosimini maruzalarning birida takidlanganidek rivojlangan mamlakatlarda sug'urta sohasining YIM dagi ulushi yetarli darajada salmoqlidir. Shuni etiborga olgan xolda mamlakatimizda ham ushbu yo'nalishda tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spiker o'rinbosari , O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o'rinbosari, Bosh Arab sug'urta federatsiyasining bosh kotibi hamda “SAIPRO axborot-reyting agentligi”  ning bosh direktori kirish so'zi bilan forumni ochar ekan ushbu masalalarga alohida etibor qaratishdi.

Shuningdek   sug'urta sohasini  rivojlantirishga oid bir qator qiziqarli mavzular muhokama qilindi. Xususan sug'urta va qayta sug'urtalash kompaniyalarining vakillari hamda dunyoning turli mamlakatlaridagi sug'urta bozorining ishtirokchilari ma'ruza qilib, sug'urta ishini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha o'zaro fikr va tajriba almashadilar.

Ayni paytda forum o'z ishini  davom etmoqda, kunning  ikkinchi yarmida ham  sug'urta sohasini  rivojlantirishga oid bir qator qiziqarli mavzular muhokama qilinadi.  

 “UzReport” axborot agentligi