You are here

"O'zbekinvest" EIMSK Toshkent viloyati filiali tomonidan joriy yilning o'tgan davrida 950 mln. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega qator taraqqiy etgan davlatlarda bo'lganidek, sug'urta sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim ahamiyat kasb etuvchi qismiga aylanib ulgurdi. So'zimiz isboti sifatida "O'zbekinvest" EIMSK Toshkent viloyati filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko'rishimiz mumkin. Xozirda kompaniyaning Toshkent viloyati filiali o'z mijozlariga sifatli va qulay sug'urta xizmatlari ko'rsatish bilan bir qatorda yangi turdagi sug'urta mahsulotlarini ham aholiga taklif qilmoqda.

Sug'urta tizimi afzalliklarini aholiga mukammal tarzda yetkazish maqsadida kompaniyaning Toshkent viloyati filiali hodimlari tomonidan chekka hududlarda joylashgan turli tashkilotlar, ishlab chiqarish obyektlari, mahallalar va maktablarda amaliy tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda. Pirovardida bu sayi harakatlar filiali tomonidan viloyatning shahar va tumanlarida joylashgan 10 ta bo'limlari bilan hamkorlikda aholiga sifatli sug'urta xizmatlari ko'rsatish imkonini bermoqda.

Botir Usmonaliyev "O'zbekinvest" EIMSK Toshkent viloyati filiali rahbari o'rinbosari UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

-         Bizning filial tomonidan 2013 yil davomida yig'ilgan sug'urta mukofotlari kompaniyaning barcha hududiy filiallari tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlarining 12%ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2014 yil yakuni bilan 13%ni tashkil etgan. Filialimizning bunday natijalarga erishishida avvamlombor filial xodimlarining sayi-harakatlari,qolaversa joylardagi bo'limlarimizda faoliyat olib borayotgan mas'ul hodimlarimiz xizmatlari katta bo'lmoqda.

Shu bilan bir qatorda, o'tgan 2014 yil davomida majburiy va ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha qariyb 3,0 mlrd.so'mdan ortiq sug'urta mukofotlari yig'ilgan bo'lib, bu ko'rsatkich 2013 yilga nisbatan 135,5% ni tashkil etdi. Buning natijasida sug'urta majburiyatlari 2,3 barobarga ko'paygani hamda 1,6 trln.so'mni tashkil etganligi qayd etildi.

Botir Usmonaliyev "O'zbekinvest" EIMSK Toshkent viloyati filiali rahbari o'rinbosari UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:  

  - Jumladan, garovga qo'yilgan mol-mulk sug'urtasi bo'yicha yig'ilgan sug'urta mukofotlari 2013 yilga nisbatan 113,6% ni, ixtiyoriy mol-mulk sug'urtasi 133,7% ni, qurilish-montaj qaltisliklari sug'urtasi 100% ni, yuk sug'urtasi 189,3% eksport va moliyaviy qaltisliklar sug'urtasi 197,1% ni tashkil etgan. Bundan tashqari, jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sug'urtalash bo'yicha 2013 yilga nisbatan 574 mingdan ortiq va javobgarlik sug'urtasi bo'yicha 2013 yilga nisbatan 655 mingdan ortiq sug'urta shartnomalari tuzilib, sug'urtalanuvchilarga sug'urta polislari taqdim etilgan.

Ta'kidlash joizki, eksport qaltisliklarini sug'urtalash bo'yicha ko'rsatilgan sug'urta xizmatlari natijasida 42,0 mln.AQSH dollari miqdorida sug'urta majburiyatlari olingan. Filial Davlat investitsion dasturida xam faol qatnashib, o'tgan yil davomida investitsion dasturga kiritilgan 13 ta loyihalar bo'yicha xizmatlarni amalga oshirdi. Shuningdek, kichik biznes sub'ektlariga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash, ish beruvchilarning javobgarligini majburiy sug'urtalash, ixtiyoriy tibbiy sug'urta va eksport kontraktlari uchun tijorat qaltisliklaridan himoya taqdim etish bo'yicha ham 10 dan ortiq sug'urta shartnomalari tuzilgan. Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bir necha sug'urta turlari bo'yicha mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 20 dan ziyod xorijiy korxonalarga sug'urta xizmatlarini taklif qilib kelmoqda.

Joriy yilning o'tgan 4 oyi davomida filial tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari xajmi 800 mln. so'mdan oshdi. Buning 25% transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash, 12,5% ish beruvchilarning javobgarligini majburiy  sug'urtalash, hamda 62,5% boshqa sug'urta turlariga to'g'ri keladi.

Botir Usmonaliyev "O'zbekinvest" EIMSK Toshkent viloyati filiali rahbari o'rinbosari UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

  - Jumladan, 2015 yilning 1 mayiga qadar filial tomonidan 473 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilgan bo'lib, ushbu sug'urta ishlari bo'yicha 950 mln.so'mga yaqin sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Sifatli sug'urta xizmatlarini ko'rsatish bilan birga sug'urta da'volarini ham o'z vaqtida ko'rib chiqish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Sug'urtalanuvchilar tomonidan kelib tushgan da'vo arizalari filialda komissiya tomonidan zudlik bilan ko'rib chiqilib, qisqa muddatlarda sug'urta qoplamalari amalga oshirilib kelinmoqda.

“UzReport” axborot agentligi