You are here

Shaxsiy sug'urta sektori: 2015 yilning I choragida (kvartalida) "Oʻzbekinvest Hayot" SK mukofotlarning 154,4% o'sishini ta'minladi.

Shaxsiy sug'urtani rivojlantirish – milliy bozor faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, hayot va salomatlikni sug'urtalash bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi «Oʻzbekinvest Hayot» SK aynan shu sohaga ixtisoslashgan.

2015 yilning I choragida yig'ilgan sug'urta mukofotlarining  miqdori 4,8 mlrd.so'mni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish 154,4%ga yetdi. Bunda sug'urta majburiyatlari 8,4 mlrd so'mdan ziyodga oshgan. Ixtisoslashuvi va rivojlanish yo'nalishlariga tayangan holda odatga ko'ra, Kompaniya sug'urta portfelidagi  mukofotlar tizimida asosiy ulush hayotni sug'urtalash ( 96%dan ziyod), shu jumladan uning majburiy turlari sohasiga to'g'ri keladi.

Respublika hududlarida sug'urta xizmatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, hududiy filiallar ulushini oshirish muhim yo'nalishga aylangan. Hisobot davrida ushbu ko'rsatkich qariyb 62% ni tashkil qildi, vaholanki 2014 yilning I choragida u 51% ga teng edi.

Kompaniya tomonidan 2015 yilda 2014 yildagiga nisbatan 140% sug'urta mukofotlari yig'ish prognoz qilinayotganini hisobga olsak, oldinda salmoqli  ishlar kutib turibdi. Qo'yilgan maqsadlarga yetishni hududiy filiallarni faollashtirishdan tashqari mahsulot turini ko'paytirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini muntazam oshirib borish evaziga ta'minlash ko'zda tutilmoqda.

“UzReport” axborot agentligi