You are here

"O'zbekinvest" EIMSK 5 yil davomidagi salmoqli ishlarining sarxisobini "UzReport" axborot agentligiga ma'lum qildi.

Ma'lumki «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tashkil etilganligiga 21 to'ldi. Kompaniya o'z foliyati davomida so'ngi 5 yil ichida salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, kompaniya ko'rilayotgan davr sarxisobini “Uzreport” axborot agentligiga ma'lum qildi. Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sug'urta sohasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiga investitsiya jalb etish, tadbirkorlik sub'ektlarining jahon bozoriga chiqishida sug'urta xizmatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi talab etiladi. Qolaversa, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining hamda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar esa o'z navbatida aholining ko'pchilik qatlamini turli baxtsiz hodisalardan himoya qilishga qaratilgan.

Ortiqxo’ja Norov “O’zbekinvest” EIMSK Axborot bo’limi menejer assistenti UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: 

- "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi o'tgan 21 yillik faoliyati davomida aniq maqsadlarga yo'naltirilgan faoliyati bilan nafaqat O'zbekiston balki jahon sug'urta bozorida o'zining mustahkam mavqeiga ega bo'ldi.  Bunday natijalarni raqamlarda ham ko'rishimiz mumkin. Oxirgi 5 yil ichida: Yig'ilgan sug'urta mukofotlari va to'plangan sug'urta qoplamalari deyarli 3 barobarga, olingan sug'urta majburiyatlari qariyb 13 barobarga o'sgan.

Ma'lumki, Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning erkin rivojlanishi uchun katta ahamiyat qaratilmoqda. O'z navbatida "O'zbekinvest" kompaniyasi tomonidan ushbu sohani qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini sug'urtalash bo'yicha majburiyatlar esa oxirgi 5 yil ichida 6 barobarga o'sgan.

Ortiqxo’ja Norov “O’zbekinvest” EIMSK Axborot bo’limi menejer assistenti UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: - Agar 2015 yilning I choragi yakunlari bo'yicha kompaniyaning asosiy ko'rsatkichlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak  olingan sug'urta majburiyatlari 12,9 trln. so'mni, ya'ni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 149% ni, yig'ilgan sug'urta mukofotlari esa 16,4 mlrd. so'mni, ya'ni 132%ni tashkil etmoqda. Joriy yilning o'tgan davrida respublikaning 2015 yildagi Investitsiya dasturiga kiritilgan 32 ta loyihasiga umumiy qiymati 12,2 trln. so'm miqdorida sug'urta himoyasi taqdim etildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari shaxsiy va mulkiy manfaatlarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlash bo'yicha joriy yilning I choragi yakunlariga ko'ra, olingan sug'urta majburiyatlari hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 115%ga, yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 127%ga o'sgan. Ularning eksport shartnomalarini sug'urtalash bo'yicha qabul qilingan majburiyatlar 22,0 mlrd. so'mni tashkil etib, o'sish ko'rsatgichi 198%ni tashkil etmoqda. Bir so'z bilan aytganda o'sish suratining jadallashuvi bu kompaniyaning ildam odimlayotganidan dalolat beradi.

“UzReport” axborot agentligi