You are here

"O'zbekinvest" EIMSK Toshkent shahar filiali tomonidan 2014 yilda 9,2 mlrd. so'm miqdorida sug'urta mukofoti yig'ildi

"O'zbekinvest" EIMSK Toshkent shahar filiali tomonidan aholiga sifatli va qulay sug'urta xizmatlarini ko'rsatish, ularning xajmini oshirish yuzasidan ko'pgina maqsadli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda kompaniya  tomonidan  aholi o'rtasida sug'urta madaniyatini oshirish maqsadida  mahalliy  xamda    xorijiy    tashkilotlar,    kompaniyalar,    vakolatxonalar,    ta'lim muassasalari   hamda   ishlab   chiqarish   subektlariga   bir nechta sug'urta  turlari  bo'yicha  seminarlar,  brifing,  taqdimot  va uchrashuvlar o'tkazib kelinmoqda.

 

Mazkur    tadbirlar mol-mulk va javobgarlik sug'urtalari, transport vositalari sug'urtasi, ixtiyoriy tibbiy sug'urta va baxtsiz xodisalardan xayotni va sog'liqni sug'urtalash, TVEFJM va  IFJMBS   kabi  turlari  bo'yicha  o'tkazilmoqda. Shuningdek axoliga yanada yaqin bo'lish, jismoniy va yuridik shaxslarga sug'urta xizmatidan foydalanish qulay va maqbul bo'lishini ta'minlash maksadida 2014 yilda Toshkent shahrining Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida Filial bo'linmalari ochildi.

"O’zbekinvest" EIMSK Toshkent shaxar filialining majburiy sugurta turlari Departamenti menejeri Ozoda Abduraximova “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

–Bugungi kunda axoliga sifatli sug'urta xizmatlarini ko'rsatish bilan bir qatorda, Kompaniya tomonidan aynan aholining ehtiyoji va zamon talablari inobatga olingan holda yangiliklar kiritilib tadbiq qilinmoqda. Mijozlarga qulay xizmat ko'rsatish maqsadida sug'urta mahsulotlarini  internet  orqali   sotuvi     joriy   yilning   1   choragidan boshlab yo'lga ko'yildi. Shuningdek xozirda mijozlarga yanada ko'proq qulaylik yaratish  maksadida Kompaniya tomonidan takdim etilayotgan polislarni qog'oz shaklida emas, balki plastik shaklida ixchamgina taqdim etish masalasi ko'rib chiqilmoqda–.

Yuqorida ta'kidlangan sug'urta xizmatlari hajmini oshirish yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirish natijasida 2014 yilda filial tomonidan 9,2 mlrd. so'm miqdorida sug'urta mukofoti yig'ilib, bu ko'rsatkich 2013 yildagi ko'rsatkichga nisbatan 131,6%ni tashkil etdi.

– 2014 yil natijalariga ko'ra Kompaniya tomonidan ja'mi yig'ilgan sug'urta mukofotidagi Toshkent shahar filialining ulushi - 15.3% tashkil etdi. 2014 yilda Tojent shahar filiali tomonidan tuzilgan barcha sug'urta shartnomalarga binoan ja'mi 3 743,677 mlrd so'm sug'urta majburiyati kabul qilingan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 123.1 %ni tashkil etdi. Eksport-import   qaltisliklarini   sug'urtalash   bo'yicha   ja'mi   qabul qilingan majburiyat - 57,164 mln AQSH dollari  2014 yil Davlat investitsion Dasturiga kiritilgan 20 ta investitsion loyihalar bo'yicha sug'urta xizmatlari ko'rsatildi– deb takidladi Ozoda Abduraximova.

Shuningdek kompaniya tomonidan  Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarining eksport kontraktlari uchun tijorat va siyosiy qaltisliklardan sug'urta himoyasini takdim etish bo'yicha 20 ta sug'urta shartnomalari tuzildi. Xozirda Filial tomonidan xorijiy investitsiyalar asosida Respublika xududida faoliyat yuritayotgan 30 dan oriq xorijiy tashkilot va korxonalarga sug'urta xizmatlari takdim etib kelinmoqda.

“UzReport” axborot agentligi