You are here

"O'zbekinvest" EIMSK iqtisodiyotning turli sohalariga moliyaviy mablag'lar kiritmoqda

Investitsiya faoliyati sug'urta komnapiyasining to'lov layoqati va moliyaviy mustahkamligini ta'minlashda ahamiyatga molik omillardan biri xisoblanadi. Investitsiya portfelini diversifikatsiyalash  maqsadida “O'zbekinvest” EIMSK iqtisodiyotning turli sohalariga moliyaviy mablag'lar kiritmoqda. Xususan, tijorat banklari, lizing, sug'urta va investitsion kompaniyalariga mablag'lar joylashtirmoqda.

Xalqaro  amaliyota  ko'ra,   sug'urtalovchilar faoliyatining daromadliligini taminlovchi eng muhim omillardan biri investitsiya faoliyati xisoblanadi. Hozirgi kunda sug'urtalovchilar ishlab to'satdan yuzaga kelgan zararni qoplashi vazifasi bilan bir qatorda institutsional investorlar rolini ham bajarmoqda. Bu o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

"O’zbekinvest" EIMSK Aktivlar va sugurta zaxiralari bo’yicha moliyaviy boshqaruv departamenti menejeri bosh assistenti Shamsiddin Djurayev  “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

-  Sug'urta kompaniyalarining asosiy faoliyati o'z mablag'lari va olingan sug'urta mukofotlaridan foydalanish orqali sug'urtalashdan iborat. Ular ham yirik institutsional investor bo'lib, moliyaviy vositalarga investitsiyalash bilan shug'ullanadilar. Ular investitsiya portfelini quydagi yo'nalish bo'yicha shakllantiradilar, - birinchidan, davlat qimmatbaho qog'ozlaridan shakllantiradilar, chunki bunday qog'ozlar qo'yilmalar ishonchliligi va likvidlikni, ya'ni sug'urta da'volari bo'yicha qoplamalarni to'lashga to'g'ri kelgan hollarda eng kam zarar ko'rgan holda istalgan vaqtda to'lash imkoniyatini ta'minlaydi, -ikkinchidan, ularni havorang fishkalardan shakllantiradilar, bunda birinchi holdagi singari ishonchlilik va likvidlik maqsadini ko'zlaydilar; -uchinchidan,   aksiya   va   korporativ   obligatsyyalardan   shakllantiradilar, bularga qo'yilmalarning asosiy ulushi to'g'ri keladi va ular mablag'larni joylashtirishdan olinadigan daromadning asosiy qismini keltiradi.

Mamlakatimizda   sug'urta   faoliyati   tez   sur'atlarda   rivojlanishi  bilan    bir    qatorda    sug'urtalovchilarning   investitsiya    faoliyati    ham jadallashayotgani kuzatilmoqda.

Shamsiddin Djurayev – "Uzbekinvest" EIMSK aktivlar va sugurta zaxiralari buyicha moliyaviy boshqaruv departamenti menejeri bosh assistenti:

– Sug'urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati «O'zbekinvest» EIMSK misolida 2014 yil yakuni bo'yicha 235,9 mlrd.so'm ko'rsatkichini tashkil etdi, bu o'tgan yilning shu hisobot daviriga 12,2% foizga o'sdi. Kompaniya investitsion partfeli turli investitsa obyktlariga ya'ni aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertfikalarg ustav kapital ulushlariga va boshqa moliya bozorining insturmentlariga likvidlik va daromadlikni ta'minlangan xolda deversfikatsiyalash orqali shakilantirildi. Kompaniya investitsion daromadi hisobot davrida 7 721,1 mln.so'm bu o'tgan yilning shu hisobot davriga 16,2% foizga o'sdi.

Shu o'rinda aytish kerakki 2014 yilda Kompaniyaning sof foydasi 6,6 mlrd.so'mni tashkil etdi yani  7,6% foizli o'sish ko'rsatgichini namoyon etdi. Xulosa o'rnida aytish joizki raqamlarningi ijobiy bo'lishida kompaniyaning investitsion faoliyati muhim axamiyat kasb etmoqda.

“UzReport” axborot agentligi