You are here

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan 2014 yilning o'zida jami 12 mlrd so'm miqdorida sug'urta to'lovlari amalga oshirildi

“O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi respublikamizdagi sug'urta bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning sug'urta shartnomalari bo'yicha tuzilgan majburiyatlarni to'liq va o'z vaqtida bajarishga intilishi sug'urta hodisalari bo'yicha to'lovlarning o'sishida o'z tasdig'ini topmoqda. Birgina  2014 yilning o'zida  kompaniya tomonidan jami 12 mlrd so'm miqdorida sug'urta to'lovlari amalga oshirildi.

Aytish joizki Sug'urta qoplamasi hayot va sog'liqni yoki mol mulki  sug'urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug'urta hodisasi yuz berishi natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash uchun sug'urtalovchi tomonidan  sug'urtalanuvchiga to'lanadigan summa xisoblanadi. Shuningdek sug'urta shartnomasi shartlariga muvofiq amalga oshirilgan har qanday to'lov Sug'urta qoplamasi deyiladi. Shu o'rinda kompaniya , 2014 yilda 3 mlrd so'm miqdorida jismoniy shaxslarga, 9 mlrd so'm miqdorida esa yuridik shaxslarga qoplamalari to'lab bergan.

“O'zbekinvest” EIMSK Sug'urta davolarini ko'rib chiqish departamenti menejer assistenti Baxodir Yusupov “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Mazkur to’lovlari sug’urta turlari boyicha taqsimlanganda Ipotekani sug’urtalash bo’yicha 600 mln so’m, Avtotransport egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalash bo’yicha 470 mln so’m, Avtotransport vositalari boyicha 400 mln so’m, Ish beruvchginig fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash  turi bo’yicha 3 mlrd 200 mln so’m sug’urta to’lovlari amalga oshirilgan. Joriy yilning 1 chorak natijalariga ko'ra, ipotekani sug'urtalash turi bo'yicha sug'urta hodisalari ko'p sodir bolmoqda, bunda fuqarolarning muklariga tabiy ofatlar oqibatida yetkazilgan kompaniya tomonidan qoblab berilmoqda.

Bu ayniqsa qishloq hududlarida namunaviy loyiha asosida qurilgan xodandonlar egalariga ancha yengilliklar yaratadi, chunki tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararlar aksariyat xollarda  sezilarli darajada bo'lib, mazkur harajatlar xonadon egalari sug'urta kompaniyalari tomonidan qoplab berilishi ta'minlanmoqda.

Ya'na bir ma'lumot  O'zbekinvest kompaniyasiga sug'urta qoplamasini olish bo'yicha murojaat ham yozma shaklda, ham elektron pochta orqali kompaniya saytiga yoki polisda ko'rsatilgan telefon raqami yordamida taqdim qilinishi mumkin. Xozirda “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi “umumiy sug'urta” bozorida o'z faoliyatini olib bormoqda  va sug'urta faoliyati klassifikatoriga ko'ra mavjud 17 turdagi sug'urtaning barchasi bilan shug'ullanadi.– “UzReport” axborot agentligi

 “UzReport” axborot agentligi