You are here

"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport potensialini rivojlantirishdagi o'rni.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport potensialini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash O'zbekiston iqtisodiyotiga tub o'zgarishlarning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport potensialini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashning yana bir turi bu – eksport shartnomalarini siyosiy va tijorat qaltisliklaridan sug'urta qilishdir. Bu boradagi xizmatlarni “O'zbekinvest” milliy eksport-import sug'urta kompaniyasi muvaffaqiyatli tarzda taklif qilib kelmoqda.

Eksport shartnomasini sug'urtalash moliyaviy yo'qotishlar vaqtida, masalan, xorijiy hamkordan mablag'ni hammasini ololmagan paytda ko'rilgan ziyon o'rnini qoplashni kafolatlaydi. Bunday vaziyatlarning vujudga kelish ehtimoli eksportchilar manfaatlarini mamlakatdan tashqarida himoya qilishning ishonchli kafolatini olish zaruriyatini tug'diradi. Aynan shunday  imkoniyatni “O'zbekinvest” milliy eksport-import sug'urta kompaniyasining siyosiy va tijorat qaltisliklaridan sug'urta qilish polislari beradi. U eksportchini valyuta mablag'larini qaytarma olmagan holatlarda himoya qiladi.

Umida Musaliyeva - «O'zbekinvest» MEISK eksport qaltisliklarini sug'urtalash va investitsiyalar Departamenti menejeri “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi: 

2014 yil yakunlariga ko'ra,  «O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga siyosiy va tijorat qaltisliklaridan sug'urta qilish bo'yicha umumiy miqdori 58 mln. AQSH dollariga teng 143 ta polis berilgan. 2013 yil bilan solishtirganda ushbu ko'rsatkich 3 marotabaga ortgan. Bu asosan MDH davlatlariga to'qimachilik va oziv-ovqat sanoati mahsulotlarining eksporti edi. 

Eksport shartnomalariga sug'urta polisini berishdan avval  sug'urtachi albatta xorijiy hamkor va moliyaviy ahvolini tahlil qilish orqali uning kredit layoqati, mamlakatining iqtisodiy qaltisliklari  va boshqa ma'lumotlarni yig'ib, o'rganib chiqadi. Bu esa pul to'lamaslik ehtimolini bir muncha kamaytirishga ko'maklashadi.

“UzReport” axborot agentligi