You are here

"O'zbekinvest Hayot" SK investitsiyalari hajmi 2014 yilda 135 foizdan ortdi

Ayni paytda respublikamizda shaxsiy sug'urta masalasiga tobora katta e'tibor berilib, natijada hayotni sug'urta qiluvchi kompaniyalarning o'rni va roli ham yuqorilab bormoqda. Ularning ishida sug'urta bilan birga, investitsion faoliyat ham muhim o'rin egallaydi. Xususan, hayot va salomatlikni sug'urta qilish bo'yicha xizmat ko'rsatadigan «O’zbekinvest Hayot» sug'urta kompaniyasining investitsiyalari hajmi 2014 yilda avvalgi yildagiga nisbatan 135 foizdan ortdi.

2014 yilda kompaniyaning investitsiya portfelida: tijorat banklarining depozitlari - 49,3%, turli xil qimmatli qog'ozlarga qo'yilmalar - 47,4%, investitsiyalarning boshqa manbaalari- 3,3% ni tashkil qildi. Qimmatli qog'ozlarga qo'yilmalar tarkibida asosiy ulush (73% dan ziyodi) aksiyalar va obligatsiyalarga to'g'ri keladi. Ta'kidlash kerakki, asosiy va investitsion faoliyat natijasida «O’zbekinvest Hayot» kompaniyasi aktivlari 2014 yilda 24 mlrd. so'mdan ortib, 2013 yildagiga solishtirganda 137 foizga ko'paygan. Kompaniyaning asosiy ixtisoslashuvi – hayotni uzoq muddatga sug'urtalash ekanini hisobga olganda, investitsion faoliyatni rivojlantirish kelgusida sug'urta xizmatlari sotuvi hajmi kabi muhim yo'nalishlardan biri bo'lib qoladi.