You are here

"O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatining 2014 yil yakunlarini e'lon qildi

Hisobot davrida jami 60,4 mlrd. so'mga yaqin sug'urta mukofoti yig'ildi. Yig'ilgan sug'urta mukofotlari xajmi 2013 yilning mos davriga nisbatan o'sish 140,7 foizni yoki absolyut raqamlarda 17,4 mlrd. so'mni tashkil etdi. Amaldagi sug'urta shartnomalari bo'yicha qabul qilingan sug'urta majburiyatlari esa 129.2 trln. so'mdan ortiq mablag'ni tashkil etib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 273.3 foizdan iborat bo'ldi. Hisobot davrida jami kompaniya tizimida 150 mingdan ortiq sug'urta shartnomalari tuzildi. Eksport sug'urtasi bo'yicha jami 220 ta sug'urta polisi berilib o'sish 188 foizni, milliy eksportchilarga jami 130,9 mln. AQSH dollari miqdorida sug'urta himoyasi taqdim etilgan. Eksport sug'urtasi bo'yicha jami 376,7 mln. so'mdan ortiq sug'urta mukofoti yig'ilib o'sish deyarli 33 foizga oshgan. Eksport nomenklaturasi 18 foizga oshgan. 

“Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 81 ta loyiha bo'yicha jami 12,7 trln. so'm (155%) miqdorida sug'urta xizmatlari taqdim etilgan bo'lib avvalgi yilning shu davriga nisbatan 9 ta loyihaga ko'p sug'urta xizmatlari ko'rsatilgan.

"O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi faoliyatining 2014 yil yakunlarini e'lon qildi - O'zbekiston yangiliklariKichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub'ektlari bilan hisobot davrida jami 8690 ta sug'urta shartnomalari tuzilib 941 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta himoyasi taqdim etilgan, o'sish 124.0 foizni, yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi esa 3.2 mlrd. so'mdan ortiqni tashkil etib o'sish 123.0 foizni tashkil etgan. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha o'tgan davrda jami 81 290 ta sug'urta shartnomalari tuzildi. Sug'urta mukofotlari esa 3 mlrd 321 mln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 103,88 foizni tashkil etgan. Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urta qilish buyicha xisobot davrida jami 3 575 ta sug'urta shartnomasi tuzilib, 5 mlrd 122 mln. so'm sug'urta mukofotlari yig'ilgan bo'lib o'sish 125.3 foizni tashkil etgan. Shu ikki majburiy sug'urta turining jami kompaniya portfelidagi ulushi 14,0 foizni tashkil etgan”, – deya ta'kidladi  «O'zbekinvest» EIMSK qaltisliklarni boshqarish va qayta sug'urtalash departamenti bosh menejeri Alisher Asatullayev.  

 Bundan tashqari kompaniya yalpi tushumida mulk sug'urtasi 22,13 foizni tashkil etgan bo'lib, undan keyingi o'rinlarda transport vositalarining boshqa turlari bo'yicha 21.75 foizni, javobgarlik sug'urtasi 11,1 foizni, ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi 8,49 foizni, qurilish-montaj qaltisliklarini sug'urtalash 5.18 foizni, baxtsiz hodisalardan sug'urtalash 8,06 foizni, transport vositalari egalarning fuqarolik javobgarliklarni majburiy sug'urta qilish 5,5 foizni tashkil etdi.

Jami yig'ilgan sug'urta mukofotlarining 36.6 mlrd so'mi, ya'ni 60,7 foizi Bosh kompaniya tomonidan, 39.3 foizi esa ya'ni 23.7 mlrd so'mi hududiy filiallar tomonidan yig'ilgan. Xududiy filiallar tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari xajmi 2013 yilning mos davriga nisbatan filiallar tomonidan o'sish sura'ti umum hisobda 116,86 foizni tashkil etgan.