You are here

"O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompanisi 9 oy faoliyati yakunlari hisobotini e'lon qildi

Unga ko'ra, joriy yilning hisobot davrida kompaniya tomonidan jami 37,5 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta mukofotlari yig'ilib, bu ko'rsatikich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 38 foizga o'sish kuzatildi.

Shu o'rinda aytish joizki, "O'zbekinvest" kompaniyasining asosiy yo'nalishlaridan biri eksport sug'urtasini amalga oshirish hisoblanadi. Hisobot davrida milliy eksportchilarga 189 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta xizmatlari ko'rsatilgan va o'sish deyarlik 2 yarim barobarni tashkil etganligi aniqlandi.

Shuningdek, asosiy yo'nalishlardan yana biri, davlat investitsion dasturiga kiritilgan loyihalarni sug'urtalash hisoblanadi. Hisobot davrida dasturga kiritilgan 56 ta loyihaga sug'urta xizmatlari taqdim etilib, umumiy qiymati 12 trln. 200 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta xizmatlari ko'rsatildi. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'atlari 53 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, hisobot davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari bo'yicha 627 mlrd. so'm ajratilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish 37 foizni tashkil etdi.

Kompaniyaning asosiy vazifalaridan yana biri, qishloq joylarida sug'urta xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan bo'lib, joriy yil 9 oy davomida Respublika hududlarida kompaniyaning 23 ta yangi tuman va shahar bo'linmalari tashkil etildi. 1 oktabr holatiga jami kompaniyaning tuman va shahar bo'linmalari 135 tani tashkil etdi.

Kompaniyaning hududiy filiallari tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari tahlili bo'yicha, 52,6 foiz kompaniya bosh ofisiga, 18,9 foiz Toshkent shahri filialiga, 5,1 foiz Toshkent viloyati filialiga, 3,1 foiz Samarqand viloyati filialiga, 4,4 foiz Qashqadaryo viloyati filialiga va 4,6 foiz Buxoro viloyati filialiga va 11,3 foiz boshqa viloyati filiallari ulushiga to'g'ri kelgan.

 

/files/images/2014_9_uz_5.jpg