You are here

"O'ZBEKINVEST HAYOT" yuqumli kasalliklardan sug'urtalash turini taqdim qiladi

Bugungi kunda tobora ko'proq rahbarlar va xususiy shaxslar ishchilari yoki oilalarini sug'urta qilish zaruriyati haqida o'ylamoqda. Biroq, afsuski, hamma ham sug'urta polisini xarid qilish bilan birga, bir vaqtning o'zida bir nechta xatar turlaridan himoyani taqdim qiladigan kompleks dasturni shakllantirish imkoniyatidan xabardor emas. Bunda kasallikdan sug'urtalashni misol tariqasida keltirish mumkin.

Hozirda mahalliy sug'urtachilar salomatlik borasida muammolar yuzaga kelganida xizmatlar yoki qoplama to'lovlar olinishi borasida tashkiliy ishlarni taqdim qiluvchi qator mahsulotlarni taklif qilmoqda. Xususan, ixtiyoriy tibbiy sug'urta turi iste'molchilar uchun eng tanish mahsulotdir. Mazkur sug'urta turi kelishilgan sug'urta holatlarini va har qanday sug'urta shartnomasida bo'lganidek, qator istisnolarni qamrab oladi. Ulardan ayrimlari yuqori darajali xatar va ehtimoliy oqibatlarga, boshqalari esa qonun hujjatlaridagi me'yorlarning amal qilishiga bog'liq. Biroq, odatda ma'lum sug'urta turidagi istisno, boshqa, alohida mahsulotda sug'urta himoyasining taqdim qilinishini nazarda tutadi. Bunday mahsulotlardan biri– yuqumli kasalliklardan sug'rtalashdir.

Amaldagi qonunchilikka binoan, mamlakatimizda yuqumli kasalliklardan davolanish bepul amalga oshiriladi. Ya'ni, ushbu kasallik guruhiga mansub xususiyatlar kechishi va ularning ijtimoiy ahamiyatini inobatga olgan holda, yuqumli kasalliklardan davolash va profilaktika choralari ko'zda tutilgan. Jumladan, profilaktika choralari doirasida oraliq tibbiy ko'riklar, emlash (gepatit, qizamiq, poliomiyelit va boshqalar) va boshqalar o'tkaziladi. Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemor ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yotqizilib, zaruriy davolash kursidan o'tadi.

Yuqumli kasalliklardan sug'urtalash bo'yicha shartnomada sug'urta holati sifatida qayd etiladigan sug'urtalangan shaxsda yuzaga kelgan kasalliklar ro'yxati keltiriladi. Ushbu sug'urta turini ajratib turuvchi xususiyati kutish davrini belgilash orqali aks etuvchi vaqtinchalik franshizadan iborat. Boshqacha qilib aytganda, sug'urta holati yuzaga kelib bo'lganidan so'ng sug'urta qildirish mumkin emas. Ma'lumki, yuqumli kasalliklarning inkubatsion davri infeksiya turi va bemor organizmi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bir necha soatdan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Shuning uchun sug'urta shartnomasida o'rtacha davomiylik kutish davri, ya'ni shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kun belgilanadi. Bu davr mobaynida himoya amal qilmaydi va sug'urtachi sug'urta to'lovlari bo'yicha majburiyatga ega bo'lmaydi. Biroq, kutish davri tugaganidan so'ng, sug'urta himoyasi keyingi 12 oy mobaynida amal qiladi (sug'urtalanayotgan tomonidan yanada qisqa muddat o'rnatilmagan holda). Sug'urtalangan shaxs shartnomada nazarda tutilgan kasallik bilan og'rigan holda, kasalxonadan chiqqanidan so'ng, u sug'urta kompaniyasiga tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qiladi (odatda, aniq tashxis va o'tkazilgan davolash ko'rsatilgan statsionar ko'chirmasi) va unga sug'urta shartnomasida belgilangan sug'urta summasidan foiz hisobida pulli qoplama to'lab beriladi. Mazkur mablag' odatda maxsus rejim va parxez, dorili terapiyani (vitaminlar, gepatoprotektorlar, immunomodulyatorlar va x.k) ichiga oluvchi kasallikdan keyingi tiklanish davolashidan o'tishi kerak bo'lgan shaxs uchun zaruriy moliyaviy ko'mak sifatida xizmat qiladi.

Ushbu mahsulotni xo'jalik subyekti qatorida, xususiy shaxs ham xarid qilishi mumkin. Shuningdek, bu sug'urta turi faoliyati yuqumli kasalliklar bo'yicha yuqori xavf bilan bog'liq tashkilotlar uchun ham dolzarb hisoblanadi. Bunday faoliyatlar qatoriga chorvachilik, parrandachilik, oziq-ovqat sanoati, alohida xizmat turlari (go'zallik salonlari, shahar tarnsporti haydovchilari, hayvonlar uchun klinikalar), barcha turdagi ta'lim maskanlari ishchilarini kiritish mumkin.

Qayd etish kerakki, qo'shimcha ravishda faoliyati bevosita kasallanish xavfini tug'diradigan xo'jalik subyektlariga javobgarlik sug'urta shartnomasini xarid qilish takliq etiladi. Jumladan:

- yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchi tirik ekinlar bilan ishlash;

- yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlar bilan ishlash;

- inson qoni va biologik suyuqliklari bilan ishlash.

Ko'rinib turganidek, yuqoridagi hollarda yuqumli kasallik ehtimoli yuqori darajada bo'ladi va sug'urta himoyasining mavjudligi jabrlangan ishchilarga qo'shimcha moddiy ko'makni ta'minlash imkonini beradi.

Xususiy shaxslar borasida gapiriladigan bo'lsa, bunda maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarga boradigan bolalar, kollej va litseylar, institutlar o'quvchi-talabalari, turli seksiya va to'garaklar ishtirokchilarini yuqumli kasallikdan sug'urtalash foydadan holi bo'lmaydi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2012 yilda O'zbekistonda 100,0 ming aholi soniga 220 ta o'tkir ichak infeksiyalari, 200 ga yaqin - virusli gepatit, 30 ga yaqin – suvchechak, 15 dan ortiq – tepki bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Turli omillarni hisobga olgan holda (yosh, ayrim statistika ma'lumotlari), sug'urta shartnomasini tuzishda o'suvchi va pasayuvchi koeffitsiyentlar qo'llanilishi mumkin. Bunda har bir sug'urtalovchi, xususan, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan ravishda, sug'urta summasi miqdorini belgilashi mumkin.

Masalan, yosh ko'rsatkichidan kelib chiqib (chunki, bolalar yoshi kategoriyasi yuqori xavf guruhiga mansub va aksincha), turli sug'urta summalarida «O‘ZBEKINVEST HAYOT» kompaniyasi tomonidan mazkur sug'urta turi bo'yicha taqdim qilinadigan sug'urta himoyasi qiymatini hisoblab chiqsak:

Sug'urta himoyasi bir yil davomida amal qiladi. Agar butun oila sug'urta qilinsa, ularga qo'shimcha pasayuvchi koeffitsiyentlar taqdim qilinishi mumkin. To'lovlar hajmiga kelsak, masalan, 5,0 mln. so'mlik sug'urta summasi bo'yicha gepatit “A” bilan kasallanish holatida 1,5 mln. so'mni, tepkida – 2,5 mln. so'mni, shuningdek 3,0 mln. so'mlik sug'urta summasi bo'yicha muvofiq tarzda 900,0 ming so'm va 1,5 mln. so'mni, 1,0 mln. so'mlik sug'urta summasi bo'yicha esa, 300,0 ming so'm va 500,0 so'mni tashkil qiladi. Demak, sug'urta to'lovi hajmi bevosita sug'urta summasiga bog'liqdir. Shu sababdan, sug'urta polisini xarid qilish vaqtida buni har tomonlama o'ylab chiqish va sug'urta holati yuzaga kelganida undan foydlanish imkonini yaratish zarur. Albatta, umuman kasal bo'lmagan yaxshi, ammo hayotda kutilmagan hodisalar yuz berishi mumkin. Ushbu sug'urta turi ham aynan shu vaziyatlar uchun mo'ljallangan. Yuqumli kasalliklardan sug'urta qilish odatiy turmush tarziga qo'shimcha bo'lib, u odamga himoyalanganlik hissini beradi.