You are here

"O'zbekinvest" sug'urta bozorida majburiy sug'urta turlari bo'yicha faol ishtiroq etmoqda

Qolaversa, sug'urta faoliyatida sug'urtaning ixtiyoriy va majburiy turlari bo'yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Jumladan majburiy sug'urtaning 8 ta turi bo'yicha mijozlarga Rezpublikamizning barcha viloyat va shaharlaridagi filial hamda bo'linmalar orqali xizmat ko'rsatilmoqda.

Davlatimiz tomonidan sug'urta sohasini yangi bosqichga chiqarish maqsadida, ko'plab Qonun hujjatlari, hukumat qarorlari va bir qancha qoidalar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilishi qatorida, sug'urta kompaniyalariga ko'plab imtiyozlar ham berildi. Xususan, majburiy sug'urta turlari bo'yicha transport vositalari egalarining hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash kabi qonunlar shular jumlasidan. Qayd etish joizki, majburiy sug'urta turlarining o'ziga xos jihati, asosan biror sug'urta hodisasi natijasida zarar ko'rgan jabrlanuvchilarning himoyasini ta'minlash hisoblanadi.

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash deganda transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti,   sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilganligi sababli sug'urta qildiruvchining yoki  transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish  shartnomasi bo'yicha javobgarligi sug'urtalangan boshqa shaxsning fuqarolik  javobgarligi yuzaga kelishi nazarda tutiladi. Bu esa sug'urtalovchining sug'urta tovonini to'lash majburiyligi demakdir. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash deganda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomasining amal qilish davrida xodim o'z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog'liq turli tan jarohatlarining yuzaga kelishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’liq bilan bog’liq boshqa salbiy holatlar yuzaga kelishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash bo'yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligining vujudga kelishi natijasida belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt tushuniladi”, - deya ta'kidladi “O'zbekinvest” EIMSK Majburiy sug'urta turlari departamenti bosh menejeri Olimjon Djamirzayev.

 Ta'kidlash joizki, ushbu sug'urta turlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga oylik hamda choraklik hisobotlar muntazam taqdim etib boriladi.

“Kompaniya o'z faoliyatida yil yakunlari natijasini tahlil qilgan holda kelasi yil uchun chora-tadbirlar belgilanadi. Unga ko'ra, Kompaniya joriy yil uchun ushbu majburiy sug'urta turlari bo'yicha o'tgan yilga nisbatan 140 foizdan kam bo'lmagan o'sishni ta'minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan”, - deya qo'shimcha qildi Olimjon Djamirzayev.

Bundan tashqari, hozirda boshqa yangi majburiy sug'urta turlarini ham amalga kiritishga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Xususan, tashuvchilarni fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash shular jumlasidan.