You are here

"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi 44 ta investitsion loyihaga sug'urta xizmatlarini ko'rsatdi

Ma'lumki, O'zbekiston Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi Qarori bilan 2014 yilga mo'ljallangan  investitsiya dasturi tasdiqlangan bo'lib, dastur doirasida 390 ta  loyihani amalga oshirish ko'zda tutilgan. Mazkur  loyihalarni  turli qaltisliklardan himoya qilish vazifasi esa bevosita sug'urta kompaniyalari zimmasiga yuklatilgan.

Avvalo shuni aytish kerakki,  shu yilning birinchi yarmida  O'zbekistonda investitsiyalarni  o'zlashtirish 110,8 foizga o'sib, ularning hajmi 15 trillion so'm yoki 6,7 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.  Jumladan,  shu yil boshidan dastur doirasida umumiy qiymati 680 million AQSh dollarlik 64 loyiha amalga oshirildi.

Aytish kerakki,   loyihalarning vaqtida   foydalanishga topshirilishida   “O'zbekinvest” EIMS kompaniyasining ham  xizmatlari katta  bo'lmoqda.  Loyihalarni yuz berishi mumkin bo'lgan turli sug'urta hodisalaridan himoya qilish  kompaniyaning Eksport qaltisliklari va investitsiyalarni  sug'urtalash  departamenti  tomonidan amalga oshiriladi. Ta'kidlash joizki, hozirda  ushbu departament mutaxassislari  tomonidan  loyihalarni amalga oshirayotgan korxona va tashkilotlar hamda  investorlar bilan ularni   turli  risklaridan himoya qilish  yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

-  Kompaniyaning barcha viloyatlar hamda shaharlar fillallari tomonidan loyihalarni  xatarlardan himoya qilish maqsadida  tegishli turdagi  sug'urta  xizmatlari  ko'rsatilmoqda, - deydi  “O'zbekinvest” EIMSK Eksport qaltisliklari va investitsiyalarni  sug'urtalash  departamenti  menejeri Sayfulla Ro'ziqulov. - Kompaniyaning bu borada  o'z zimmasiga olgan sug'urta  majburiyatlar   o'tgan yilning shu davriga nisbatan 60  foizga o'sdi. Hammasi bo'lib  bizning kompaniya investitsion dasturga kiritilgan   390 ta loyihadan 44 tasini  o'z sug'urta himoyasiga oldi.  Bu umumiy loyihalarning  11 foizini tashkil etmoqda.

Kompaniya  shu yil oxirigacha  ushbu ko'rsatkichni  23-24 foizga yetkazishni o'z oldiga maqsad qilgan.

Sayfulla Ro'ziqulovning aytishicha, ko'rsatkichilar bundanda yaxshi  bo'lishi uchun sifatli xizmat ko'rsatish, xodimlarning domiy malakasini oshirib borish  talab etiladi.  Tez va sifatli  xizmat ko'rsatkichlarni oshirish uchun turtki beradi.  Ayni shu man'noda,  “O'zbekinvest”  sug'urta kompaniyasi  mutaxassislar uchun  muntazam ravishda   o'quv malaka  mashg'ulotlarini  tashkil etib kelmoqda.