You are here

O'zbekistondagi tibbiy sug'urta bozorida "O'zbekinvest Assistans" xizmat ko'rsatish agentligi yetakchilik qilmoqda

Hozirda “O'zbekinvest Assistans” xizmat ko'rsatish agentligi O'zbekistondagi tibbiy sug'urta bozorida yetakchi o'rinni egallaydi. Faqatgina joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida mazkur xizmat agentligi tomonidan ixtiyoriy tibbiy sug'urtaga oid 1000 dan ortiq murojaatlar tartibga solindi.

“O'zbekinvest Assistans” xizmat ko'rsatish agentligi 2000 yilda mahalliy sug'urta bozori infratuzilmasini takomillashtirish va kengaytirish, shuningdek sug'urta qildiruvchi shaxslarga tezkor va sifatli xizmat ko'rsatish, ularning servis xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari qatoriga O'zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga tibbiy, texnik, yuridik va shaxsiy sug'urta bo'yicha xizmat ko'rsatilishini o'z vaqtida va sifatli tashkil etish kiradi. Qayd etish joiz, agentlik faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri sug'urtalangan shaxslarga ixtiyoriy tibbiy sug'urta bo'yicha barcha xizmat turlarini taqdim qilishdan iborat.

“Xizmat ko'rsatish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun agentlik ma'lumotlar bazasiga ulangan IR telefoniya bilan jihozlangan dispetcherlik xizmati tashkil qilingan va bu haftada yetti kun davomida uzluksiz tarzda mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi. Agentlik shtati yuqori malakali shifokor-koordinatorlar bilan to'ldirilgan. Sug'urta holati yuz berganida yordam olish uchun mijoz doimiy faoliyat yurituvchi Call Markazga murojaat qilishi zarur.

“Bizning malakali mutaxassislarimiz darhol barcha zaruriy tibbiy yordamni tashkil qilib, tibbiy muassasadagi davolanish jarayonini to'liq kuzatib boradi”, - deya ta'kidladi  «O'zbekinvest Assistans» SA Assistans departamenti bosh vrach-eksperti Malika Abduvahobova  

Bugungi kunda agentlik butun O'zbekiston hududi bo'ylab joylashgan yetakchi tibbiy muassasalar, shuningdek xalqaro tibbiy sug'urta kompaniyalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Agentlik ambulator, statsionar va doimiy tez tibbiy yordam, kasalxona ichidagi nazorat, dorilar ta'minoti kabi tibbiy xizmatning barcha shakllari tashkilotini ta'minlab beradi hamda mijoz dispanserizatsiyasi va emlanishining o'tkazilishini nazorat qiladi.

“Salomatligini sug'urta qilish istagida bo'lgan mijoz sug'urta kompaniyasiga murojaat qilishi va u yerda o'z talablaridan kelib chiqqan holda, tibbiy sug'urta polisini xarid qilishi mumkin. Sug'urta holati yuz berganida esa u tibbiy yordam olish uchun dispetcherlik markazimizga murojaat qilishi kerak” – deya qo'shimcha qildi Malika Abduvahobova.

Bundan tashqari, "O'zbekinvest Assistans"  tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshrishi va nazoratni ta'minlash maqsadida, respublikamiz hududlarida, jumladan Farg'ona, Samarqand, Buxoro va Nukusda kompaniya filiallarini ochish rejalashtirilgan.