You are here

«O'zbekinvest» kompaniyasining faoliyat geografiyasi kengaymoqda

«O'zbekinvest» kompaniyasining faoliyat geografiyasi kengaymoqda

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tadbirkorlar va aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi sug'urta bo'linmalarini ochish va respublika hududida faoliyat geografiyasini kengaytirish borasida doimiy ish olib bormoqda.

Xususan, joriy yilning o'tgan davri mobaynida sug'urta xizmatlarini kengaytirish va ulardan foydalanish uchun qulaylikni ta'minlash borasida Qoraqalpog'iston Respublikasining Ellikqal'a tumani, Buxoro viloyatining Shofirkon va Kogon tumanlari, Jizzax viloyatining Mirzacho'l va Do'stlik tumanlari, Samarqand viloyatining Narpay tumani, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Shirin va Oqoltin tumanlari, Toshkent viloyatining Qibray tumani, Farg'ona viloyatining Dang'ara, Buvayda, Qo'shtepa va Yozyovon tumanlarida kompaniyaning yangi sug'urta bo'limlari ish boshladi.

Ayni paytda kompaniyaning Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 14 ta hududiy filiallari va 161 ta sug'urta bo'linmalari orqali jahon amaliyotida qo'llaniladigan 100 dan ortiq an'anaviy sug'urta xizmati turlari mijozlarga taqdim etilmoqda.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati