You are here

"O'zbekinvest" EIMSK 2016 yilda faol bo'lgan filial raxbarlari va anderrayterlari taqdirlandi

Har qanday kompaniya taraqqiyoti eng avvalo u yerda faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislarning bilim va salohiyatiga bog'liqdir. Ayni shu ma'noda “O'zbekinvest” EIMSK tomonidan erishilayotgan  ijobiy natijalari zamirida ham xodimlarning mehnati yotibdi. Eng faollarni aniqlash va rag'batlantirish maqsadida sug'urta kompaniyasi tomonidan 2016 yilda tanlov o'tkazilgan edi. O'zbekinvest kompaniyasi bosh binosida o'tgan marosimda ushbu tanlov yakunlari bo'yicha g'olib deb topilgan filial raxbarlari va anderrayterlarlar taqdirlanishdi.

Taqdirlanganlar orasida “O'zbekinvest” EIMSKning butun Respublikamiz bo'ylab mijozlariga sifatli sug'urta xizmatlarini ko'rsatib kelayotgan filial raxbarlari bor. Xususan, “Eng yaxshi xududiy filial” nominatsiyasi bo'yicha 2016 yil uchun belgilangan prognoz rejalarini bajarishda yetakchilik qilgan Toshkent viloyati filiali g'olib deb topildi. Shu munosabat bilan filial raxbari kompaniya tomonidan ta’sis etilgan esdalik belgisi bilan taqdirlandi. Eng yaxshi bo'lim naminatsiyasida g'oliblikni Buxoro viloyati Kogon tumani bo'limi qo'lga kiritdi. 2016 yilda tashkil etilgan Chiroqchi tumani bo'limi “Eng yaxshi yangi bo'lim” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati filiali raxbariga televizor va faxriy yorliq topshirildi. “O'zbekinvest” EIMSKning eng yaxshi anderrayteri” deb– Samarqand viloyati filiali menejeri topildi. Bundan tashqari, ushbu yo'nalish bo'yicha kompaniyaning ko'plab xududiy filiallari tizimida samarali faoliyat olib borayotgan 10 dan ortiq  anderrayterlariga faxriy yorliq va pul mukofotlari topshirildi.

“UzReport” axborot agentligi