You are here

Moody`s Investors Services Ltd» reyting agentligi «O`zbekinvest» kompaniyasiga moliyaviy mutahkamlik B1, «Barqaror istiqbol» xalqaro reytingini berdi

«Moody`s Investors Services Ltd» reyting agentligi (Buyuk Britaniya) «O`zbekinvest» EIMSKga moliyaviy mutahkamlik B1, «Barqaror istiqbol» xalqaro reytingni berdi.

Shuni ta`kidlash joizki, «O`zbekinvest» kompaniyasi bugungi kunda xalqaro reytingni olishga sazovor bo`lgan O`zbekistonning birinchi va hozircha yagona sug`urta kompaniyasi hisoblanadi. Moody`sni belgilashicha «O`zbekinvest»ning asosiy ustuvor tomonlari – qabul qilinayotgan sug`urta qaltisliklariga nisbatan Kompaniyaning juda kuchli kapitalizatsiyasi, eksport-kredit sug`urtasidagi hukmron vaziyati va ichki sug`urta bozoridagi mustahkam o`rnidir. «O`zbekinvest» kompaniyasini davlat muassasasi ekanligi raqobat muhitidagi ustunligiga asos bo`ladi. Eksport-kredit qaltisliklari bo`yicha majburiyatlar yuzasidan davlat kafolati bilan bir qatorda, «O`zbekinvest» kompaniyasi va AIGning o`zaro munosabatlari nafaqat mahalliy darajada, balki Buyuk Britaniyada joylashgan, anderrayting va boshqa texnik yordamni muvofiq tarzda ta`minlayotgan qo`shma korxona faoliyatida aks etgan.