You are here

"O'zbekinvest Assistans" Servis agentligiga kelib tushgan murojaatlar soni 160 taga yetdi

Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, “assistans” so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, “ko'mak, yordam” degan ma'noni bildiradi.

Shu tariqa, assistans sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar sug'urta shartnomalarida nazarda tutilgan ko'makni amalga oshiradi. Jumladan, “O'zbekinvest Assistans” servis agentligi texnik assistans doirasida sug'urta qildirgan shaxslarga avtomobil ta'miri, trasnportirovkasini tashkillashtirish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatadi, shuningdek zarur hollarda bevosita xizmat ta'minotchisi bilan tuzilgan shartnomalar asosida xaydovchilik xizmatini ham taqdim qiladi.  Bugungi kunda “O'zbekinvest Assistans” Servis agentligi O'zbekiston texnik sug'urta sohasidagi yetakchi xizmat ko'rsatish kompaniyalaridan biri sanaladi.

“Barcha yo'l trasnport hodisalari bo'yicha murojaatlar dispetcherlik markaziga O'zbekistonning barcha hududlaridan kelib tushadi. “O'zbekinvest Assistans” kompaniyasida 2000 yildan boshlab tezkor murojaatlarni qabul qilish bo'yicha dispetcherlik markazi faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur murojaatlar butun O'zbekiston Respublikasidan kelib tushishiga qaramay, Toshkent shahrida sug'urta qildirgan shaxslar soni boshqa hududlarnikidan ancha ortiqligini qayd etish joiz. Masalan, 2014 yilning birinchi yarmi mobaynida Toshkent shahri bo'yicha murojaatlar soni 73 ta, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida – 12 ta, Andijonda – 8 tani tashkil etdi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida sug'urta holatlari bo'yicha murojaatlar tushmagan ”, - deya ta'kidladi "O'zbekinvest Assistans" Sug'urta da'volari bilan ishlash departamenti menejeri Qobul Axmetov.

Qayd etish kerakki, Agentlikdan “operativ komissar” analogi bo'yicha tezkor harakatni talab etuvchi sug'urtalangan transport vositalariga oid sug'urta holatlari hamda baxtsiz xodisalar bo'yicha kelib tushgan murojaatlar miqdori 2012 yil yakuniga ko'ra 154 ta, 2013 yil yakuni bo'yicha esa 217 tani tashkil etdi. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida sug'urtalangan transport vositalariga oid sug'urta holatlari hamda baxtsiz xodisalar bo'yicha kelib tushgan murojaatlar soni 160 taga yetdi. Ko'rsatkichlardan ko'rinib turibdiki, har yili murojaatlar miqdori 50 foizga o'sib bormoqda.

Bundan tashqari, “O'zbekinvest Assistans” agentligining kelgusi vazifasi sug'urta polisi xarid qilingan joy va sug'urta holatining qayerda sodir bo'lganidan qat'iy nazar, yurtimizning har qanday hududida mijozga yordam ko'rsatish maqsadida butun mamlakat bo'ylab vakolatxonalar tarmog'ini kengaytirishdan iborat.