You are here

"O'zbekinvest" biznes jarayonlar monitoringi tezkorligi va samaradorligini rivojlantirmoqda

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 3 apreldagi “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarorini bajarish yuzasidan, “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan “Moliyaviy xisob va hisobotni kompyuterlashtirish, xodimlar, operativ va ishlab chiqarish-texnologik faoliyatni boshqarish bo'yicha sug'urta sohasida yaxlit majmuaviy axborot tizimini joriy qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur tizimning “O'zbekinvest” kompaniyasi faoliyatida tatbiq qilinishi kompaniya filiallari va sho'ba korxonalaridagi moliyaviy faoliyatni monitoring qilish hisobiga ichki moliyaviy-iqtisodiy nazorat samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, tizimda samarali kadrlar hisobini olib borish uchun xodimlar, amaldagi ish o'rinlari hamda kadrlar almashinuvi monitoringini markazlashgan hisobini joriy qilish ko'zda tutilgan. Shuningdek, u kirish ruxsatnomalarini rasmiylashtirish vaqtini qisqartirib, ularning qo'llanilishi ustidan nazoratni yengillashtiradi.

«O'zbekinvest» EIMSK Sug'urtada axborot texnologiyalari departamenti bosh menejeri Sherzod Alimov “UzReport AA”muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

– Bundan tashqari, loyiha statistik va hisobot ko'rsatkichlar operativligi, ishonchliligi va xolisligini ta'minlaydi, himoyalangan axborot almashinuvi muhitida ma'lumotlar to'plash va tumandan shahar darajasiga uzatish jarayonlari sifatini oshradi, elektron axborot almashinuvi monitoringi, nazorati va tashkiloti bo'yicha yagona axborot maydonini yaratish asosida Tizimdagi barcha ishtirokchilarning o'zaro hamkorlikdagi harakatlari samarasini oshirib, optimallashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ushbu loyiha hisobotlarni shakllantirish va olish, shuningdek yig'ma hisobotlarni tayyorlash va boshqaruv qarorlari chiqarilishi uchun rahbariyatga taqdim qilish jarayonlari operativligini oshirishga qaratilgan. Shu tariqa, Tizim “O'zbekinvest” kompaniyasining biznes jarayonlari monitoringi tezkorligi va samaradorligini rivojlantirish imkonini yaratadi va kompaniya tomonidan taqdim qilinayotgan xizmatlarning yuqori sifat darajasini ta'minlab beradi.

Ta'kidlash kerakki, qator foydali modullarni o'zida jamlagan tizim yordamida “O'zbekinvest” kompaniyasidagi ish jarayonlarini tizimlashtirish va osonlashtirish mumkin.

– Tizim tarkibiga barcha turdagi polislarni xarid qilish bo'yicha sug'urta shartnomalari hisobotini olib borish uchun mo'ljallangan “Sug'urta portfeli” moduli, sug'urta shikoyatlari va to'lovlari bo'yicha hujjatlarni yuritish uchun “Shikoyatlar” moduli, xodimlar hisobi uchun “Kadrlar”, kompaniya moliyaviy faoliyatini monitoring qilish uchun “Moliya”, binoga kirish ruxsatnomalarini rasmiylashtirish uchun talabnoma berish va tasdiqlatishni avtomatlashtirishga qaratilgan “Ruxsatnomalar byurosi” kabi qator modullarni kiritish rejalangan. Ushbu modullarni onlayn rejimida yagona tizimga birlashtirish hisobot olishdagi tezkorlik va ishonchlilikni oshirish, ma'lumotlarni turli axborot tizimlariga ikki marta kiritishni bartaraf etish, shuningdek hududiy filiallar va bo'linmalardan ma'lumotlar to'plash tezkorligini oshirish, kompaniya tomonidan xizmat ko'rsatilishi vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi, - deb qoshimcha qildi Sherzod Alimov.

Shu o'rinda qayd etish joiz, mazkur tizim maxfiy axborot almashinuvida ma'lumot xavfsizligini, shu bilan birga, foydalanish va texnik xizmat ko'rsatish osonligi va samaradorligini ta'minlaydi. Turli kompyuterlarda ishlaydigan Tizim komponentlari o'rtasidagi axborot almashinuvi mahalliy xisoblash tarmog'i orqali amalga oshiriladi. Tizimga masofadan turib ulanganda esa himoyalangan aloqa kanallaridan foydalaniladi.

Qo'shimcha o'rnida aytish kerakkki, kompaniya tomonidan loyihadan avvalgi tadqiqot o'tkazilib, unga doir konsepsiya, texnik vazifa hamda dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilgan. Hozirda loyihani amalga oshirish uchun ishlab chiqish firmasini tanlash bosqichi o'tkazilmoqda. Tizimni foydalanishga topshirish 2015 yilning yanvar oyiga rejalashtirilgan.