You are here

Joriy yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi o'z oldiga qator ustuvor strategik yo'nalishlarni belgiladi

2014 yil uchun iqtisodiy dasturning davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan muhim ustuvorliklarining amalga oshirilishi doirasida, mamlakat iqtisodiyotidagi keng ko'lamli tuzilmaviy islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirishni inobatga oshgan holda, joriy yilda “O'zbekinvest” kompaniyasi o'z oldiga qator ustuvor strategik yo'nalishlarni belgiladi. 

Xususan, kompaniya milliy eksport qiluvchilarga eksport shartnomalari bo'yicha sug'urta himoyasini taqdim qilish, shuningdek investitsion loyihalar sug'urta himoyasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi.

“O'zbekinvest” EIMSK Strategik rivojlanish, marketing va sifat boshqaruvi departamenti bosh menejeri Munira Rasulova “Uzreport AA” muhbiriga bergan o'z intervyusida shunday dedi:

– Masalan, kompaniya kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Shuningdek, kompaniyada eksport operatsiyalari sug'urtasi bo'yicha mahsulotlarni qayta ko'rib chiqishga oid ishlar amalga oshirildi. Shu yili kompaniya tomonidan aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mo'ljallangan yengillashtirilgan sug'urta mahsuloti ishlab chiqildi. 2014 yilning 1 yarim yilligi yakunlari bo'yicha, ushbu soha vakillariga taqdim qilinuvchi sug'urta himoyasi hajmining o'sishi 150 foizni tashkil qildi.

Qayd etish kerakki, investitsion loyihalarning sug'urta himoyasiga ham alohida ahamiyat beriladi, chunki mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiyotimizdagi asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri sanaladi.

Shu o'rinda, aytib o'tishni istardimki, bu yili kompaniya respublika aholisiga xzmat ko'rsatish maqsadida jismoniy shaxslarga xizmatlar taqdim qilishni rivojlantirishni rejalashtirgan. Shu asnoda, sog'lom bola yili dasturi doirasida aholi uchun sog'lom bola, ona va bola, g'amxo'r ota-ona kabi sug'urta maxsulotlari ishlab chiqilgan bo'lib, ular farzandlarimizning sug'urta himoyasini ta'minlashga qaratilgan, deya qoshimcha qildi u.

Ta'kidlash joizki, “O'zbekinvest” tomonidan respublika iqtisodiyoti va aholi talablarini hisobga olgan holda, yangi zamonaviy sug'urta mahsulotlari hamda universal sug'urta dasturlari ishlanmoqda. O'tgan yili “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bo'linmasi va O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlk subyektlari o'rtasida sug'urta himoyasining turli ko'rinishlari bo'yicha ularning ehtiyojlarini aniqlash maqsadida so'rov o'tkazildi. Ushbu so'rov yakunlariga ko'ra, barchaning fikri inobatga olingan holda, yangi sug'urta mahsulotlari ishlab chiqildi.

Kompaniyada ISO 20012008 sifat menejmenti tizimi joriy qilingani va xalqaro standartlar talablarini inobatga olib, biz iste'molchilarimizning fikrini o'rganishga alohida e'tibor qaratiladi. Kompaniyada doimiy tarzda bir yilda bir martadan kam bo'lmagan holda, qoniqarlilik tahlillari o'tkaziladi.

Qo'shimcha qilish lozimki, «Moody’s Investors Service Ltd» xalqaro reyting agentligi Kompaniya tomonidan olingan “barqaror” prognozli V1 sug'urtachi moliyaviy barqarorligi xalqaro reytingini tasdiqladi. O'zbekinvest bu reytingga ega bo'lgan O'zbekistondagi yagona sug'urta tashkilotidir. Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi shuningdek, A++ darajasida Saipro Axborot-reyting agentligi tomonidan ham tasdiqlangan.