You are here

Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag'ishlangan tadbir

2016 yilning 14 sentyabrь kuni «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov vafoti munosabati bilan xotira tadbiri tashkil etildi.

Unda Kompaniya rahbariyati, maxsuslashtirilgan sho''ba korxonalari, Toshkent shahridagi filiallar mutaxassislari, Yunusobod tumani hokimligi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir yurtboshimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida ishtirokchilarning bir daqiqalik sukut saqlashi bilan boshlandi.

So'zga chiqqanlar tomonidan ta'kidlandiki, shu kunlarda yurtimizning har bir fuqarosi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich vafot etganidan chuqur qayg'uda. Prezidentimiz haqidagi xotiralar nafaqat yurtdoshlarimiz, chet el siyosatchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari tomonidan yodga olinmoqda.

Yaqin tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to'qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan bir paytdan mamalakatimizni va xalqimizni bugungi xotirjam kunlarigacha olib kelgan muhtaram Prezidentimiz tarixda abadiy qoladi.

Shuningdek, ma'ruzachilar qayd etishdiki, Islom Abdug'anievich mustaqil O'zbekistonning haqiqiy bunyodkori, amalga oshirilgan har bir islohotning, o'tgan 25 yilda erishilgan yutuqlarimizning asoschisi hisoblanadi. Prezidentimiz xalqimizni nafaqat mustaqillikka olib chiqdi, balki uni mustahkamlash yo'lida butun borlig'ini baxshida qildi. Sobiq tuzum davrida vayron bo'lgan qadamjolar Yurtboshimiz rahnamoligida qayta tiklandi. Dinu diyonatimiz o'zimizga qaytdi. Bunday savobli ishlari bilan Islom Karimov hayotligidayoq o'ziga boqiy haykal o'rnatdi.

Mamlakatimizda tinchlik, osudalik, hamjihatlikni mustahkamladi, mustaqillik tufayli xalqimiz o'zligini topdi, dunyoda o'z o'rniga ega bo'ldi.

Bugun bayrog'imiz xalqaro maydonlarda, jahon arenalarida hilpiraganda ko'ksimiz g'ururga to'ladi. Bularning barida davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari beqiyos.

U kishi mustaqil O'zbekiston davlatiga asos soldi va buyuk taraqqiyot yo'liga olib chiqdi. Bu ulug' inson odamlar mehrini qozondi, qalbidan chuqur joy oldi. Prezidentimizning xalqimiz farovonligi yo'lida amalga oshirgan beqiyos ishlari tarix sahifalariga abadiy muhrlanadi.

 

«O'zbekinvest» EIMSK

Axborot xizmati