You are here
Kompaniya haqida
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi ( “O‘zbekinvest” EIMSK ) umumiy sug’urta bozorida o’z faoliyatini olib boradi va sug’urta faoliyati klassifikatoriga ko’ra mavjud 17 turdagi sug’urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi (Sug'urta faoliyatini yuritish bo'yicha 00144-sonli litsenziya)
Tashkil etilgan sana:
• 1994 yil aprel – “O‘zbekinvest” Milliy sug’urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-sonli Qarori)
• 1997 yil fevral – Eksport va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqei berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi PQ-1710-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi 113-sonli Qarori)
Kompaniya Ustav jamg’armasi: 60 mln. AQSH dollari
Kompaniya ta’sischilari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 50 mln. AQSH dollari
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - 10 mln. AQSH dollari
Kompaniya missiyasi – Maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug’urta bozorining rivojlanishiga ko’maklashish.
“O‘zbekinvest” kompaniyasining Ustav vazifalari:
• milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chеt ellarda xorijiy shеriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to’sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug’urtaviy himoya qilishni ta'minlash;
• tеxnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag’ bilan ta'minlash uchun krеditlar ajratuvchi O‘zbеkiston Rеspublikasi rеzidеntlari bo’lgan tijorat banklariga eksport krеditlarini sug’urta qilishning xalqaro printsiplariga muvofiq sug’urta kafolatlari bеrish;
• milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish hamda tеxnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish stratеgiyasini ishlab chiqish;
• O‘zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy va mamlakatimiz invеstorlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini komplеks sug’urtaviy himoya qilishni ta'minlash;
• xalqaro, chеt el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug’urta tashkilotlari bilan bеvosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug’urtaviy faoliyatni va qayta sug’urta qilish opеratsiyalarini amalga oshirish.
Kompaniyaning ish tartibi:
Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
Shanba, yakshanba - dam olish kunlari.
Kompaniya infratuzilmasi:
Hududiy filiallar:
• Toshkent shahar filiali
• Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali
• Respublikaning 12 ta viloyatlaridagi filiallari
Qo’shma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari:
• “O‘zbekinvest Interneshnl” qo’shma kompaniyasi
• “O‘zbekinvest Hayot” sho‘’ba xo’jalik jamiyati shaklidagi sug’urta kompaniyasi
• “O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi
• “O‘zbekinvest Sarmoyalari” Unitar korxonasi
Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:
• “O‘zbekinvest” sug’urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo’lib, so’ngi yillar mobaynida yig’ilgan sug’urta mukofotlari bo’yicha sug’urtachilar reytingida mustahkam yuqori qatorlarni egallab kelmoqda.
• 2016 yilda sertifikatlash bo’yicha xalqaro organ SGS (Shveytsariya) tomonidan “O‘zbekinvest” кompaniyasi O‘zbеkistondagi korxonalar orasida birinchi bo’lib ISO 9001:2015 yangi standarti bo’yicha qayta sеrtifikatlandi.
• 2015 yilda «Moody's Investors Service Ltd.» xalqaro rеyting agеntligi (Buyuk Britaniya) «O’zbеkinvеst» kompaniyasining xalqaro moliyaviy barqarorlik rеytingini «barqaror» progonozi bilan B1 dan Ba3 ga ko’tardi. Shunday qilib, «O’zbеkinvеst» kompaniyasi O’zbеkiston Rеspublikasi moliya bozorida eng yuqori xalqaro rеytingga ega bo’ldi.
• Kompaniyaga “Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik” (uzA++) reytingi va uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo’lib, bu O‘zbekiston sug’urta kompaniyalari ichida eng yuqori ko’rsatkichdir.
• “O‘zbekinvest”da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi, ushbu jamoa o’z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi:
- sug’urta himoyasining narxi va sifati mutanosib uyg‘unligi;
- majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi;
- har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv;
- zamonaviy sug’urta texnologiyalari va turli xildagi sug’urta dasturlari;
- xalqaro sifat standartlari bo’yicha xizmat ko’rsatish va moslashuvchan tarif stavkalari.
Kelajakda rivojlanish strategiyasi - korporativ va xususiy sug’urta bozorida o’z mavqeini mustahkamlash, eksport-import sug’urtasini jadallashtirish, sug’urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa o’rnatishga alohida yondashish, bunda sug’urtaga oid masalalarni hal etishda har bir Sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish.
Tashkilotning barcha kеrakli bank rеkvizitlari bo‘lgan blankalar, kvitansiyalar, hujjatlar shaklini olish (yozib olish) imkoniyati
18.03.2016