You are here
Boshqaruv
Bosh direktor - Azimov Rustam Sodiqovich
Azimov Rustam Sodiqovich, 1958 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Ma’lumoti – oliy, 1980 yilda Toshkent Davlat universitetini tugatgan, 1989 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq ho’jaligini mehanizasiyalashtirish injenerlari institutini tamomlagan, injener-iqtisodchi. 1998 yilda “Mehnat shuhrat” ordeni, 2008 yilda “Fidokorona hizmatlari uchun” Davlat ordenlari va mukofotlari bilan taqdirlangan. Hozirgi lavozimida 2017 yil 6 iyundan buyon ishlab kelmoqda. Bosh direktor lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 iyundagi 359-sonli qarori bilan tayinlangan.
Bosh dirеktorning funksional vazifalari:
- Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kompaniyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;
- o’z vakolati doirasida sug’urta faoliyati masalalari bo’yicha barcha rеspublika organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdеk, boshqa davlatlarda Kompaniya nomidan ish olib boradi;
- Kompaniya mulkini boshqaradi;
- shartnomalar, kеlishuvlar, shu jumladan, mеhnat shartnomalarini tuzadi;
- ishonchnomalar beradi;
- Kompaniya faoliyatiga bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Qabul qilish kunlari:
Chorshanba |
8:00 – 11:00 |
Shanba |
8:00 – 11:00 |
Telefon: (0 371) 235-78-01
Kompaniya Bosh direktorining virtual qabulxonasi
Bosh direktor o‘rinbosari - Asatullayеv Alishеr Lutfullayеvich
Asatullaev Alisher Lutfullayevich 1978 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumot oliy – 1999 yilda Toshkent temir yo'l muhandislari institutini, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 2016 yilning 25 noyabridan buyon «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi Bosh direktori o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Bosh direktor o‘rinbosarining funksional vazifalari:
- sug'urta faoliyati masalalari bo'yicha rahbarlikni amalga oshiradi;
- Kompaniya tarkibiy tuzilmalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
- sug'urta va qayta sug'urta shartnomalarini o'z vaqtida tuzish (qayta tuzish), qaltisliklarni kompleks baholash va boshqarish ishlarini tashkil etadi, kompaniya sug'urta mahsulotlarini sotish tizimini tashkil qiladi;
- Kompaniyaning moliyaviy imkoniyatlari bilan sug’urtalash va qayta sug’urtalash shartnomalari bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni balanslashtirish, sug’urta faoliyati iqtisodiy natijalari tahlili o’tkazilishini ta'minlaydi;
- sug’urta va qayta sug’urtalashning ilg’or tеxnologiyalarini joriy etish, xodimlar malakasini oshirishni tashkil etish ishini muvofiqlashtiradi, Kompaniyaning doimiy attеstatsiya komissiyasini boshqaradi.
Qabul qilsh kunlari:
Seshanba |
8:00 – 11:00 |
Payshanba |
8:00 – 11:00 |
Telefon: (0 371) 120-03-60
Kompaniyaning xavfsizlik bo‘yicha bosh menejeri - Abdullayev Aziz Yorkulovich
Abdullayev Aziz Yorkulovich, 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy, 1999 yilda Toshkent moliya institutini va 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Hozirgi lavozimida 2014 yilning 12-sentabridan buyon ishlab kelmoqda.
Kompaniyaning xavfsizlik bo‘yicha bosh menejerining funksional vazifalari:
- Kompaniyaning tashkiliy va informatsion himoya bo’yicha ishlarini tashkillashtiradi va boshqaradi;
- axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, sug’urta bo’yicha xo’jalik va da'voga oid faoliyatning tashkillashtirilishini ta'minlaydi;
- Kompaniya rahbariyati qarorlari bajarilishi jarayonini tahlil qiladi, tarkibiy tuzilmalar bajarishi uchun biriktirilgan vazifalarni rеjalashtiradi, tashkil etadi, muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi;
- sug'urta pullari va qoplamalarining to'lanishini tashkil qilish, bu ishga mustaqil syurvеr va adjastеrlarni jalb etadi, da'vo ishlari amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
- Kompaniyada axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil etadi;
- Kompaniyaning tashkiliy-xo’jalik masalalarini muvofiqlashtiradi;
- Kompaniya balansidagi binolar xavfsizligini ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va boshqaradi;
- xodimlar va tashrif buyuruvchilar tomonidan xavfsizlik tartibi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Qabul qilsh kunlari:
Dushanba |
8:00 – 11:00 |
Juma |
8:00 – 11:00 |
Telefon: (0 371) 235-94-03
* Komaniyada jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabul qilish joyi - Bosh binoning 9-qavatida joylashgan muzokaralar xonas (901-sonli xona.
Kompaniyaning yuqori rahbar organi
Tashkilot rahbarlarining rasmiy chiqish nutqi va bayonoti matnlari
28.06.2017