You are here
Avtotransport vositasini sug‘urtalash
Avtotransport vositasini sug‘urtalash – avtomobildan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan vaziyatlar bilan bog‘liq xarajatlardan qutilishning oqilona uslubi
Sug‘urta qoplamasi hajmi:
• Avtotransport vositasi nobud bo‘lishi yoki zararlanishidan sug‘urtalash olib qochish, o‘g‘irlik (bosqinchilik), yong‘in, portlash, predmetlar zarbasi, yo‘l-transport hodisasi va tabiiy ofatlar natijasida zararlanishi yoki nobud bulishidan qoplamani ta’minlaydi.
• Sug‘urta qildiruvchining avtotransporti bilan uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazishi natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar bo‘yicha uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi qaltisligini qoplaydi.
• YTH (yo‘l-transport hodisasi) natijasida sug‘urtalangan avtotransport vositasidagi haydovchi/yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplaydi.