You are here
Sug‘urta agenti – kasb
Sug‘urta polislari sotuvchisi, boshqacha aytganda – sug‘urta agenti – boshqa insonlarga sug‘urta himoyasi nima uchun kerakligini tushuntirishga va sug‘urtaning optimal dasturini tanlashga va sotib olishga undalgan.
Sug‘urta agenti – o‘zi kim? Albatta, birinchi navbatda sug‘urta agenti – o‘zining kasbi sifatida ertangi kunga bo‘lgan umidni va ishonchni sotish deb bilgan inson, erkak yoki ayoldir.
Sug‘urta agentining huquqiy vaziyati shunda aks etadiki, sug‘urta kompaniyasi vakili sifatida u sug‘urta himoyasi masalasida kompaniya va fuqarolar yoki tashkilotlar orasidagi aloqalarni amalga oshirishga undalgan. Bu vaziyat unga, o‘z mijozlarining ishlari, muammolari va umidlari haqida doimo habardor bo‘lishni ta’minlaydi. Agar, sug‘urta agenti shunchalar mahoratli bo‘lsa, hamda uning maslahatlari orqali mijozlarining hayot faoliyatlariga va biznesiga ijobiy o‘zgarishlar kiritilsa, u holda u mijozlarining moliyaviy maslahatchisiga aylanib qolishi hech bejiz emas va bu unga doimiy va juda barqaror biznesni olib keladi. Nega endi Siz «O‘zbekinvest» kompaniyasi bilan birgalikda huddi shunday biznesni boshlamaysiz?!
Sug‘urta agentining qtisodiy vaziyati oraliq xarakterga ega: u yollanma ishchi bo‘lishdan qutuladi, ammo u hali tadbirkorga aylanmadi.
Sug‘urta agenti faoliyatining tadbirkorlik xarakteri, agentning ishiga bo‘lgan yondashuvlariga: sug‘urtalanuvchilar bilan ishlash jarayonida paydo bo‘lgan ko‘nikmalariga, epchilligiga va bilimlariga munosib tarzda o‘zining ta’sirini o‘tkazadi, qaltisliklar qilishni, dadilligini, boshqalar bilan chiqishib ketishini, ma’suliyat sezishini va boshqa muhim sifatlarini tarbiyalaydi va bu bilan uni kompaniyaning o‘ziga hos hodim sifatida ifodalaydi. Bejizga (sug‘urta, ko‘chmas mulkni sotuvchi yoki reklama) agentalarini tashabbuskor, mustaqil va taqqoslaganda yuqori daromadli hodimlar deb hisoblashmaydi.
Nega endi Siz «O‘zbekinvest» kompaniyasi bilan birgalikda yangi ishda o‘zingizni sinamaysiz?!
«O‘zbekinvest» sug‘urta agentni – sug‘urta biznesining eng asosiy ishtirokchisi ekanligiga ko‘proq ishonadi!
SUG‘URTA AGENTLIGIGA NOMZODNING REZUMESI
Sizni hamkorlikka taklif etgan holda, «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi Sizni misli ko‘rilmagan darajadagi agentlik mukofotlari hajmi bilan ishontirmaydi, chunki u bizda boshqa sug‘urta kompaniyalaridan ko‘proq emas. Biroq boshqa sug‘urta kompaniyalarining quyidagilarga imkoni yo‘q:
1. bisyor darajadagi mijozlar hajmi, chunki bizni aholining anchagina salmoqli qismi tanishadi;
2. sug‘urta agenti kasbiga sertifikatlangan holda tekin o‘qitish, chunki aynan mijozlar bilan ishlashning noyob uslubiga ko‘ra biz yetakchi bo‘ldik.
Buning barchasini «O‘zbekinvest» kompaniyasi o‘zining sug‘urta agentlariga kafolatlaydi!
Sug‘urta agenti bo`lish
Iltimos, quyidagi shaklni to'ldiring.